H “Habib ussiyar” – muallifi Xondamir. Asar O‘rta Osiyo va Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
"Haftiyak" – Qur’oni Karimning yettidan biri.
"Halokat " – roman muallifi hindistonlik R. Tagor.
“Hamlet” – Uilyam Shekspir (1564-1616) asari
"Hapalak " – she’r muallifi Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug’ilib, 1844 yili vafot etgan. Qo’qondagi Madrasayi Mirda o’qigan, keyin Amir Umarxon qo’shinida sipohilik qilgan.
"Hapalak qishlog`i ahlining xonga arzi"– satirik asar M.A.Muqimiy.
"Hasan va Dalli" – doston.
"Havo sharida besh hafta" – fransuz ilmiy-fantastik yozuvchisi Jyul Vern.
"Hayot" – fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan.
"Hayotga muhabbat" – Jek London. Tabiatga bo`ysunmagan qahramon haqida.
"Hayotnoma" – muallifi Bahouddin Naqshband (1318-1389).
"Hayvonotnoma"– Sayido Nasafiy (asl ismi Mirobid, 1637—1710) to’quvchilik bilan shug’ullangan, ko’pgina she'rlarida ijtimoiy tengsizlikka, jabru zulmga qarshi norozilik bayon etilgan. Uning „Bahoriyat" („Hayvonotnoma") majoziy-munozara asarida, g’azallarida o’z davrining ijtimoiysiyosiy hayoti qalamga olingan. Zamondoshlari uni "Buxoro shoirlari taxtida sulton" deb ulug`laganlar.
"Hibat ul-haqoyiq" (“Haqiqatlat tuhfasi”)– muallifi Ahmad Yugnakiy. U turkiy adabiy tilining qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi. O‘z asarida Yusuf Xos Hojib singari ilm-fan, olim va fozillarni ulug‘laydi, ma’rifatparvarlikni targ‘ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi.
"Hidoya"– Burhonuddin al-Marg`inoniyning 4 jilddan iborat Islom huquqshunosligi bo`yicha asari.
"Hikmat" – muallifi Ahmad Yassaviy.
"Hindiston" – Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asari.
"Hoy yigitlar, yigitlar" – qoraqalpoq shoiri Jiyen Jirov (1730-1784)ning she’ri.