Elektromagnit energiyasining manbalariga energiyaning u yoki bu turidan – issiqlik, kimyoviy, yadro, quyosh, shamol, mexanik harakat energiyasi va h.k. – elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi generator qurilmalari kiradi. Bularga, masalan, aylanuvchi elektr generatorlari, galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termoelementlar va h.k. kiradi. Hozirgi kunda issiqlik, yadro, kimyoviy energiyalarni elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi yangi qurilmalar yaratilmoqda, masalan, magnitogidrodinamik generatorlar, issiqlik elementlari, quyosh batareyalar va h.k.
Elektromagnit energiyani uzatish elementlariga aloqa liniyalari, elektr uzatish liniyalari, elektr tarmoqlari kiradi.
Elektr zanjirining elektromagnit energiya manbalari ta`sir etayotgan qismini zanjirning aktiv qismi (qisqacha aktiv zanjir) deb nomlaymiz. Aksariyat, uni o‘rtasida A harfi bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar (o‘tkazgichlar) bilan chiziladi.

Shunga o‘xshash, zanjirning manbalarini aktiv elementlar, qolganlarini esa passiv elementlar deb ataymiz.
Elektr zanjirining manbalari ikki turga bo‘linadi: kuchlanish va tok manbalari. Tok va kuchlanish manbalari tashqi ta`sir natijasida o‘zgarishiga ko‘ra, ularni mustaqil va nomustaqil manbalarga ajratiladi. Manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori manbaning yukidagi tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lmasa mustaqil kuchlanish (tok) manbasi deyiladi.