8
non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi.Uy xo’jaliklari
qarorni naflilikni maksimallashtirishdan
kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa
foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi.
Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi:
ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari
tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan
maqbul hisoblangan qarorlar
faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab
iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar.Modellarda ko’pincha
matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi.
Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va
ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham
maqsadga muvofiqdir. Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki)
o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar
tashqaridan kiritiladi-bu
dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular
uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen
o’zgaruvchilarning miqdori modelni
qurish boshlanguncha beriladi, endogen
o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida
aniqlanadi.1.2.1-rasmda
ko’rsatilganidek,
modelning
maqsadi
ekzogen
o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir
qilishini aniqlash
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: