20
ehtiyojlari uchun o`zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd.franklik daromadning
1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga,
yana 2 mlrd. franki esa yer rentasi to`lashga sarflanadi.
Shunday qilib
makroiqtisodiy
bozorlarning
balanslashishi
ro`y
beradi.
Makroiqtisodiy
ko`rsatkichlar ekzogen va endogen o`zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan
zahiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi o`zgaruvchilarga ajratiladi.
Birinchi guruh ko`rsatkichlar tadqiqot ob`ektining ma`lum sanadagi holatini
tavsiflaydi. Bularga kapital
bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat
qarzi kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar ma`lum davr
oralig`ida iqtisodiy jarayonlarning kechishini tavsiflaydi.
Bularga yil davomida
ishlab chiqilgan YaIM hajmi, iste`mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflatsiya
sur`ati kabi ko`rsatkichlar misol bo`ladi. Oqimlar ma`lum davr mobaynida
zahiralarning o`zgarishini keltirib chiqaradi.Masalan yil davomida qilingan
investitsiyalar iqtisodiyotda to`plangan
kapital hajmi, o`z navbatida esa mehnatni
kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o`rtasidagi nisbatga bog`liq bo`lib,
ular hajmlarining o`zgarishi baholarning o`zgarishini keltirib chiqaradi.
Baholarning o`zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta`sir ko`rsatadi. Bunday
o`zaro bog`liqlik umumlashtirilgan holda ko`rib chiqiladigan
milliy bozorga ham
taaluqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog`liqlik talab va taklif
modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko`lamda milliy
ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi bilan baholar umumiy darajasining o`zgarishi
o`rtasida bog`liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim
davrlarda barqaror o`sishi, ba`zi davrlarda esa pasayib ketishini izohlab berish
uchun bu modellardan foydalanib bo`lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS
aggregate
demand –aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat
ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.
21
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish
hajmlari va baholar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o`zgarishining oqibatlarini o`rganish
uchun bazaviy model bo`lib hisoblanadi .AD-AS modeli yordamida davlat
iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab
–uy xo`jaliklari, korxonalar hukumat va chet ellik xaridorlarning
baholar ma`lum darajada bo`lganda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy
tovarlar va xizmatlar umumiy hajmiga bo`lgan talabidir. Yoki,
boshqacha qilib
aytganda, yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarni
sotib olishga `qilingan umumiy xarajatlar yig`indisidir .Formula ko`rinishida yalpi
talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I +G +Xn
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o`rtasidagi
bog`liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig`i deb ataladi .Buni chizma
ko`rinishida tasvirlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: