Asosiy nazariya maq’lumotlari Jisimlarning yoki njism qisimlarining bir-biriga nisbatan ko’chishiga mexanik harakat deyiladi. Jisimlarnin g mexanik harakatini o’rganishda mutloq (absolyut) qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalarida keng foydalaniladi. Ixtiyoriy ikki nuqtasdi orasidagi masifa doimo o’zgarishsiz qoladigan jism mutloq qattiq jism deyiladi. Moddiy nuqta deb esa o’lchamlari va shakli qaralayotgan masofaga nisbatan hisobga olinmas ham bo’ladigan jismga aytiladi.
Jism ilgarilama harakat qilganda uning ikkta nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq o’z-o’ziga parallelliicha qoladi. Moddiy nuqtan ing mexanik harakati davomida bosib o’tgamn nuqtalarning geometric o’rni harakat trayektoryasi deyiladi. Harakat terayektoriyasining uzunligi bosib o’tilgan yo’lni beradi. Moddiy nuqtaning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini tutashtiruvchi, yo’nalishga ega bo’lgan to’g’ri chiziq kesmasiga moddiy nuqtaning ko’chishi deyiladi. Ko’chish vector kattalik, yo’l esa skalyar kattalikdir. Jisimlarning tezligi vaqt davbomida o’zgarib tursa, bunday harakat, o’garuvchan harakat deyiladi