Kurs ishning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishida didaktik o‘yinlarning ahamiyatini o‘rganish. Ushbu maqsad tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini ifodalash imkonini berdi:
Bilish jarayoni sifatida tafakkurning o‘ziga xosligini qarab chiqish.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkurini o‘ziga xosligini ko‘rsatish.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarini rivojlanishida o‘yinlar funksiyalarini tahlil qilish.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarini mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish yuzasidan tajriba-sinovni o‘tkazish.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni mantiqiy tafakkurini rivojlantirish mazkur ishning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish hisoblanadi.
Kurs ishining farazi – ta’limning boshlang‘ich bosqichida maxsus didaktik o‘yinlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga ko‘mak (turtki) beradi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, mashg‘ulotlarning turli shakllari tahlil qilingan, o‘quvchilar bilish faolligini oshirish uchun ularni o‘rinli tadbiq etish bo‘yicha talablar va shartlar ifodalangan.
Kurs ishining amaliy ahamiyati mashg‘ulotlarni o‘tkazishda amaliyotda foydalanish mumkin bo‘lgan yo‘l-yo‘rig‘larni ishlab chiqishdan va tadbiq etishdan: keyingi amaliy faoliyatlarda kerak bo‘ladigan didaktik o‘yinlardan dars jarayonida foydalanishdan iborat.
Kurs ishining metodlari:nazariy (metodik adabiyotlar tahlili, modellashtirish); taqqoslash; sintez; umumlashtirish; tashhislash; tadqiqotning empirik metodlari: kuzatish, suhbat, o‘qituvchilar ishini o‘rganish va umumlashtirish; natijalarni matematik qayta ishlash hamda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda maxsus testlardan foydalanish hisoblanadi.
Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.