Asosiy qism



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə1/5
tarix03.12.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#120372
  1   2   3   4   5
Ta’lim jarayon yagona pedagogik tizim sifatida ta;lim tamoyillar


TA’LIM JARAYON YAGONA PEDAGOGIK TIZIM SIFATIDA TA;LIM TAMOYILLARI.

Reja:
KIRISH


ASOSIY QISM:

        1. O’qituvchining o’quvchilarni bilish (anglash) faoliyatini boshqarishdagi mahorati.

        2. O’qituvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishda o’qituvchining ahamiyati mahorati.

3.O’qituvchining dars jarayonidagi mehnati va uni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.
4.O’qituvchining ijodkorligi, darsda ijodiy muhitni yaratish haqida tushuncha.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Jamiyatning kundan kunga o’zgarib, rivojlanib borishi turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotganlar singari har bir o’qituvchidan tashabbuskorlikni, faollikni, mustaqil fikrlash, yangi nostandart vaziyatlardan chiqib keta olish, hususiyatlariga ega bo’lish kabi masalalarni hal etishni talab etadi. Bu faqat o’qish – o’qitish dars jarayonida amalga oshiriladi.


Dars – pedagogik jarayonning ustahonasi. Bu ustahonada ma’lumotlar bayon etiladi, idrok qilinadi, ahborotlar o’zlashtiriladi, bilim, ko’nikma, malakalar nazorat qilinib, baholanadi. Hullas, darsda o’rgatish, etkazib berish, bajarish, qo’lga kiritish, hayotga qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunda o’qituvchi muhim vazifani amalga oshiradi – o’quvchilarni bilim olishga yo’naltiriladi, jalb qiladi va ularni bilmaslikdan bilishgacha, voqelikdagi narsa va hodisalarning oddiysidan murakkabigacha bilish sari olg’a harakatlantiradi. Bu esa o’qituvchidan tayyorgarlikni, talab etib, uning nazariy, amaliy, metodik qurollanganlik bilan bog’liq.
Pedagogik – psihologik nazariya va maktab tajribasi o’qituvchining darsni tayyorlash va o’tkazish uchun uch bosqichli tayyorgarlik loyihasini ishlab chiqish lozimligi bilan tavsiflanadi. Bular:

  • dastlabki tayyorgarlik;

  • joriy tayyorgarlik;

  • yakuniy tayyorgarlikdir.

Dastlabki tayyorgarlik o’z faoliyatini bir o’quv yilida yoki istiqbolli rejalashtirishdan boshlanadi. Bunda o’qituvchi o’z fanini o’quv yilida o’qitilishi uchun sinf, guruh (bosqich – I,II, III) larni aniqlab, mazkur sinf va bosqichdagi o’z fanining o’quv dasturi bilan tanishib chiqadi. Faoliyatini o’quv yilida yoki istiqbolli rejalashtirishi uchun u avvalo:
- o’quv dasturidagi ahborotlar qaysi sinf, bosqich uchun taaluqli ekanligini va uning qaysi bo’limi o’quvchi – talabalar uchun qiyinchilik tug’dirishini tajribali o’qituvchilardan so’rab, o’rganib chiqishi;
- dastur ma’lumotlarining qaysi sinf (bosqich) talabalari uchun muhimligini, uning murakkabligini, o’quvchi - talabalar tayyorgarlik darajasiga mos emasligini chuqur o’rganib chiqishi;
- o’rganiladigan hodisalar, ma’lumotlarning predmetlararo, bo’limlararo, fanlararo aloqadorligini belgilab chiqishi;
- o’quvchi - talabalarning qiziqishi, ijodiy faolligi, bilish mustaqilligi, tashkil qiluvchi va dunyoqarashini muvaffaqiyatli tarkib toptirishga hizmat qila oladigan o’quv materialini tanlashi va alohida belgilashi;
- o’quvchi – talabalarda individual bilimdonlikka intilishni, havasni, mustaqillikni va shart – sharoitni tarbiyalay oladigan ahborot, ma’lumot, hodisa, voqealar manbalarini aniqlab, ularni muayyan tizimga solishi;
- davlat ta’lim standarti asosida har bir mashg’ulot uchun didaktik vositalar (o’quv ko’rgazmali, tehnik, ahborot - kommunikativ) majmuini aniqlashtirishi va tizimlashtirish hamda qo’shimcha mashg’ulotlar, amaliy, laborotoriya darslari loyihasi va tizimini ishlab chiqishi;
- o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning tahminiy hajmi va miqdorini ishlab chiqishi;
- har bir mashg’ulot materialining mazmuniga qarab o’qish – o’qitishning tehologiyalari, interfaol metodlari va didaktik vositalarini belgilash va hokazolarni amalga oshirishi darkor.
O’quv fani uchun dastur va DTSlari bilan tanishib, yuqoridagi masalalarni hal etganidan so’ng o’quv – mavzuli reja tuzishga kirishiladi. Uning tuzilishini quyidagi yo’nalishda rasmiylashtirish maqsadga muvofiq:
a) mavzularning tartib raqami;
b) bo’lim yoki bobning nomi;
v) o’rganiladigan har bir mavzuning nomi;
g) mashg’ulotga ajratilgan soat;
d) o’tish (bajarish) vaqti (muddati);
j) bo’limlararo, predmetlararo, fanlararo, bog’lanishni aks ettiruvchi belgi;
z) mavzuning metodik ta’minoti asosiy va qo’shimcha adabiyotlar nomeri; (adabiyotlar ish rejaning ohirida alfavit bo’yicha keltiriladi);
i) mavzu uchun mavjud bo’lgan didaktik vositalar;
k) Izoh (ma’lum sabablarga ko’ra mazkur mavzu o’qilmay qolsa yoki tiqizlashtirilsa, uning sababi izohda ko’rsatiladi).
O’quv – mavzuli rejaning namunaviy shakldagi tasvirli quyidagi ko’rinishda bo’ladi.



Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin