Asosiy qism



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/5
tarix03.12.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#120372
1   2   3   4   5
Ta’lim jarayon yagona pedagogik tizim sifatida ta;lim tamoyillar

III. 1. – jadval. O’quv – mavzuli reja chizmasi.

a

b

v

g

d

j

z

i

k

mavzularning tartib raqami;

bo’lim yoki bobning nomi;

o’rganiladigan har bir mavzuning nomi;

mashg’ulotga ajratilgan soat;

o’tmish (bajarish) vaqti (muddati);

bo’limlararo, predmetlararo, fanlararo, bog’lanishni aks ettiruvchi belgi;

mavzuning metodik ta’minoti (asosiy va qo’shimcha adabiyotlar nomeri; adabiyotlar ish rejasining ohirida alfavit bo’yicha keltiriladi);

mavzu uchun mavjud bo’lgan didaktik vosita;

Izoh (agar ma’lum sabablarga mazkur mavzu o’qilmay kelsa yokt tiqizlashtirilsa, uning sababi izohda ko’rsatiladi).

O’qituvchining darsni tayyorlash va o’tkazishdagi muhim jarayon joriy tayyorlanishdir. Bunda o’qituvchi kunlik dars mashg’ulotini loyihalaydi va ketma – ketlikda loyihani amalga oshiradi. Joriy tayyorgarlik vaqtida o’qituvchi ayrim didaktik qoidalarni esga olishi talab etiladi. Ma’lumki, zamonaviy pedagogik – psihologik ta’limot o’quv jarayonini bir – biri bilan uzviy bog’langan quyidagi didaktik komponent (qismlar)dan iborat deb ta’kidlaydi. 1. Motivlar(M). 2. O’quvchilarning o’quv faoliyati(O’O’F). 3. O’quvchining bilish faoliyatini boshqarish(O’FB). O’quv jarayonini boshqarish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. SHuning uchun u bu jarayonga puhta tayyorlanish lozim. Buning uchun u ta’lim – tarbiyaning turli tehnologiyalardan habardor bo’lishi kerak bo’ladi. SHuni unutmaslik kerakki, ta’limning maqsadi va uni ro’yobga chiqaruvchi mehanizmlar bir – biriga mos bo’lgan taqdirdagina natijaga erishiladi.


Darsga joriy tayyorgarlik davrida o’qituvchi o’qitishning tabiatga moslik va o’quv jarayonini jadallashtirish printsiplari hususiyatidan kelib chiqishi kerak. CHunki bu printsiplar (qoidalar) ko’proq bolaning qiziqishi, hohish – irodasini qo’zg’atib uning aqliy qobiliyatlari va o’zlashtirishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Zero bunda ta’lim - tarbiyaning tabiatga uyg’unligi ta’minlanadi.
Darsga joriy tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi, avvalo, butun kurs yuzasidan ilmiy va metodik, pedagogik, psihologik ma’lumotlar bilan tanishishi, dastur va o’quv qo’llanma materialini chuqur tahlil qilishi, choraklik, haftalik hujjatlar tuzishni e’tibordan chiqarmasligi kerak. Har bir mavzuga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi dasturga, mavzu bo’yicha qo’shimcha manbalarga murojaat qilib, har bir mavzuning asosiy masalalari yuzasidan bayon qilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni aniqlashga, o’qitish metodlarini tanlashga va kerakli metodik tavsiyalarni, ko’rgazmali qurollar, jihozlar, uskuna, inventar va hokazolarni tayyorlashi lozim bo’ladi. Bu masalalarning barchasi mavzu bo’yicha o’quv qo’llanmalar mazmunidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi tematik reja shaklida aks ettiriladi.
Darsni pedagogik faoliyatning negizi dedik. Endi darsning o’quv jarayonidagi mavqeini ko’rib chiqamiz. Dars – yahlit pedagogik jarayonning muhim elementi. Buni jadvalda kuzatishimiz mumkin.



Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin