Asosiy qism



Yüklə 114,48 Kb.
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü114,48 Kb.
#139000
  1   2   3   4
asqar aka








MUNDARIJA:

KIRISH.

  1. ASOSIY QISM.

1.1. Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish fanining maqsadi va vazifalari

1.2. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari

1.3. Sifatni boshqarish raqobatchDikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida

  1. TEXNOLOGIK QISM.

2.1. Sifatni boshqarish tizimini rivojlanish tarixi

2.2. Sifatni boshqarishning xorijiy tajribalari

2.3. Sifat menejmenti tizimi va menejment tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va ularga talablarni belgilovchi xalqaro standartlar

  1. IQTISODIY QISM.

    1. Sifatni boshqarish mexanizmi

    2. Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar

    3. Sifatni boshqarish bosqichlari

  1. XULOSA.

  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mahsulotlar va xizmatlaming sifati masalasi korxonaning nufuzini, rivojini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshhhgi belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda mahsulot sifatini boshqarish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi va sifatni ta’minlash masalalari korxonaning doimiy siyosati darajasida ko‘- rilishi bozorda o‘zining muqim o‘miga ega bo‘lish, strategik hamkorlik va iste’molchilar bilan faoliyat olib borishning garovi sanaladi. Zamonaviy sharoitda Sifat masalalari hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida insoniyatning hayot tarzini, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlik omillari dolzarb ahamiyat kasb etishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotida va unga о‘tish davrida jamiyat rivojlanishining barqarorligi va iqtisodiy turg'unligini ta’minlovchi omil tarzida ham ko‘riladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot va xizmatlar sifatini xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish hamda korxona va tashkilotlarda xalqaro standartlami keng joriy qilish respublikamiz eksport salohiyatini oshirishning muhim va strategik omillaridan biridir. Iqtisodiyotni rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro standartlami joriy qilish bo'yicha hukumatimiz tomonidan qator chora va tadbirlar amalga joriy qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yiI 22- iyuldagi 349-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2006-yil 29-avgustda 183-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2009-yil 19-iyuldagi №173-sonli “Xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini respublika korxonalariga joriy etishni kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari shular jumlasidandir. Mazkur qarorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlaming tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini yanada oshirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadi ko‘zda tutilgan bo‘lib, respublikamiz korxonalarida sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, ulami doimiy takomillashtirish va samaradorligini oshirishga tashkiliy, uslubiy va texnik-iqtisodiy yondashishlami talab etadi. Qabul qilingan qarorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar sifati masalalarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda tashkil etish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab berilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: - Respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiqfeo'lgan 3 sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish; - ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, joriy etish, sertifikatlashtirish bilan bog'liq jarayonlaming tizimli momtoringini olib borish; - xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan korxonalarni rag'batlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va hokazo. Shu bilan birga qabul qilingan qarorlarda xalqaro standartlarga mos ravishda sifatni boshqarish tizimlarini yaratish va joriy etish bilan birga bu ishlami yuqori saviyada olib borish maqsadida, kadrlar tayyorlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2004-yil 22-iyunda qabul qilingan 349-qarorga muvofiq texnika sohasidagi Oliy o'quv yurtlarida sifat bo'yicha menejerlar yo'nalishi mutaxassislarini tayyorlash dasturini joriy qilish belgilab qo'yilgan. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning bosh maqsadi tanlangan yo'nalish bo'yicha zamonaviy mutaxassis bo'lib, mustaqil ravishda yangi texnika va texnologiyalami egallab olishga, butun dunyo bo'yicha tezkorlik bilan amalga oshirilayotgan bilim va tajriba sohalaridagi o'zgarishlami tezda o'zlashtira oladigan, xodimlar o'rtasida liderlik (peshqadamlik) qobiliyatiga ega bo'ladigan va keng raqobatbardoshlik sharoitida faoliyat ko'rsata oladigan yangi zamon kadrlarini yetkazib berishdir. O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g'risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida”gi qonunlarini bajarish yuzasidan va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ustivor hisoblangan sohalar bo'yicha oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlami tayyorlash maqsadida 5310900 - “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)” yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlami va 5A310902 - “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat)”, 5A310901 - “Tovarlar xavfsizligi va ulami sertifikatlash” va 5A310903 - “Mahsulot sifati menejmenti” mutaxassisliklari bo'yicha magistr akademik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ushbu darslik yuqorida keltirilgan yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha ta’lim olayotgan talabalar bilim saviyasini oshirish, ko'nikmalar hosil qilish va ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifatini ta’minlash uchun uslubiy ta’minot vazifasini o'taydi.


  1. Yüklə 114,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin