Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə2/7
tarix11.11.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#131930
1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA

yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
er usti suvlari — yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar;
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmog‘ini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari;
suvlar — suv obyektlarida to‘plangan barcha suvlar majmui;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
(21-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin