Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə3/7
tarix11.11.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#131930
1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA

suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;
suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlari suvlari;
suv xo‘jaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini o‘rganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog‘i;
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Oldingi tahrirga qarang.
suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari (tumanlarning irrigatsiya bo‘limlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari);
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin