Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə4/7
tarix11.11.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#131930
1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA

suvlarning zararli ta’siri — suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning o‘zga ta’sirlari natijasida ayrim tabiiy-xo‘jalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa cho‘kishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi va boshqa salbiy hodisalar;
Oldingi tahrirga qarang.
suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash — suv ta’minoti tashkilotlari (suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan ko‘rsatiladigan suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari (suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda ko‘maklashish) uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish;
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
transchegaraviy suv obyektlari — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari;
transchegaraviy suvlar — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”;
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni bilan kiritilgan—O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
3-modda. Suvga davlat egaligi
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
4-modda. Yagona davlat suv fondi
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona davlat suv fondi:
jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin