Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni ishga tushirishni taqiqlash



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə7/7
tarix11.11.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#131930
1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA

15-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni ishga tushirishni taqiqlash
Quyidagilarni:
suvlarning bulg‘anishi va ifloslanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan, shuningdek suvlarning va suv obyektlarining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi hamda rekonstruksiya qilingan korxonalar, sexlar, agregatlarni, kommunal va boshqa obyektlarni;
erlarning suv bosishi, zax bosishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishining hamda tuproq eroziyasini oldini olishning loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlari amalga oshirilmaguncha sug‘orish va suv bilan ta’minlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul
(VI bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Suvdan foydalanuvchilar
Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. Suv iste’molchilari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suv iste’molchilari bo‘lishi mumkin.
182-modda. Suv iste’molchilari uyushmalari
Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(182-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish o‘z a’zolarining har yillik a’zolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, a’zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni to‘xtatishga haqli.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin