oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash
uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron
hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida qonun (2004y.)
Axborot kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari
yordamida inson
uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib
olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron
vositalardagi axborot - bu
elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot kommunikatsiya tizimlari
xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda hosil qilinadi,
ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat:
1. Elektron raqamli imzo;
2. Jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi va otasining ismi;
3. Jo‘natuvchining pochta
va elektron manzili;
4. Hujjat yaratilgan sana.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-
kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish,
hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa
axborotlarni almashishda foydalanish mumkin.
Yagona elektron xujjat almashinuvi va ximoyalangan
elektron pochtaga
quyidagilar bog‘langan:
127 – davlat organlari va xo‘jalik boshqarmalari
Dostları ilə paylaş: