Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning yuqoridagi sanab o’tilgan usullari mazmuni bilan batafsil tanishib chiqamiz.
1. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli. Bu usulda ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xarajat hisobvaraqlariga uning xizmat qilish muddati davomida bir tekisda (maromda) o’tkazib boriladi. Har yil uchun eskirish summasi (A) eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning bosh-langich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(Т)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning foydali xizmat muddati(M)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - Т
A = ------------ .
M
Masalan, Traktorning boshlang’ich qiymati 550.000.000.000 so’m, xizmat muddati besh yil, xizmat muddati oxiridagi tugatish qiymati - 50.0000000so’m. Bu holda har yillik eskirishso’mmasi eskirish hisoblanadigan qiymatning 20% ni tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga binoan 10.000.000 so’mni tashkil etadi, ya’ni
Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (Т) 550.000.000.000 – 50.000.000
A = -------------------------------------------------------- = --------------------- =10 .000.000 so’m
Хizmat qilish muddati (M) 5
Ushbu Traktorga besh yil mobaynida eskirish hisoblashni quyidagi ishchi jadval orqali ko’rsatish mumkin:
(so’m hisobida)
Dostları ilə paylaş: |