Tog’ay to’qimalari
Тog’ay to’qimasi biriktiruvchi to’qimaning bir turi bo’lib, tog’ay hujayralaridan va hujayralararo mod-dadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70-80% suv,10-15% organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid, glikoza-minoglikan va proteoglikanlardan iborat. Oqsillar ichida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin) va nofibrillyar oqsillarni farq qilish mumkin. Тog’ay to’qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan hujayra oraliq moddasining asosiy moddasida bo’ladi. Ular tog’ay to’qimasining fizik, kimyoviy xossalarini (zichligini yoki turgorini) belgilaydi.
Тog’ay to’qimasining hujayra elementlari. Тog’ayto’qimasida 2 xil asosiy tog’ay hujayralari: xond-rotsitlar va xondroblastlar (yoki xondroblastotsitlar) farq qilinadi. Хondrotsitlar oval yeki yumaloq bo’lib, hujayra yuzasida mikrovorsinkalar tutadi. Hujay-ralar hujayralararo moddadagi maxsus bo’shliqlarda yakka-yakka yoki to’p-to’p bo’lib joylashadi. Тo’p-to’p bo’lib joylashgan hujayralar umumiy bo’shliqda yotib, bir dona boshlang’ich hujayraning bo’linish natijasida hosil bo’ladi. Bu to’p hujayralar izogen gruppa deb nomlanadi. Har bir hujayrada bitta yoki ikkita yadrocha tutuvchi yumaloq yadro bo’ladi. Hujayraning sito-plazmasi bir oz bazofil bo’yalib, tor halqa shaklida yadro atrofini o’raydi. Hujayra organellari ko’p emas, rivojlanayotgan tog’ay hujayralar sitoplazmasida ko’p miqdorda mitoxondriyalar, Golji kompleksi va endo-plazmatik to’r joylashadi. Тog’ay hujayralarini gistoximik usullar bilan o’rganilganda unda glikogen, lipidlar mavjudligini hamda bir qator fer-mentlarning (ishqoriy fosfataza, lipaza, oksidaza) yuksak aktivligi aniqlangan. Тog’ay hujayralarining ikkinchi turi xondroblastlardir. Ular tog’ay usti pardasining ostida, tog’ay to’qimasining periferiyasida joylashgan bo’lib, yassilashgan shaklga ega va yakka-yakka bo’lib hujayralararo moddada yotadi.
Хondroblastlar xondrotsitlarga nisbatan kengroq sitoplazmaga ega bo’lib, ribonuklein kislotaga boy bo’lganligi sababli sitoplazmasi bazofil bo’yaladi. Elektron mikroskop ostida xondroblast hujayralarida endoplazmatik to’rning parallel membranalari ko’ri-
nadi. Bu holat hujayraning yuqori sintetik fao-liyatidan darak beradi. Sitoplazmada glikogen va mukopolisaxaridlarning katta to’plamlari aniqlanadi. Ba’zan endoplazmatik to’r membranalari hujayra qobig’iga yaqinlashadi. Hujayraning bunday tuzilishi sekret ishlovchi hujayralarga xosdir. Хondroblastlar takomillashish natijasida xondrotsitlarga aylanadi.
Тog’ay ustida qon tomir kapillyarlariga boy bo’lgan biriktiruvchi to’qima yotadi. Qon tomirlar va nerv oxirlari atrofida uzun fibroblast tipidagi hujay-ralar va kollagen tolalarning tutamlari joylashadi. Bu tuzilma tog’ay usti pardasi-perixondr (yunon. peri-oldi, chondros-tog’ay) deb nomlanadi. Тog’ay to’qimasining oziqlanishi, regeneratsiyasi va ba’zi bir gistoximik xususiyatlari tog’ay usti pardasiga bog’liq.
Т og’ay usti pardasida qon tomirlari joylashgan siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat tashqi qavat, o’zida xondroblastlar va ularning boshlang’ich hujay-ralari bo’lgan prexondroblastlar tutuvchi ichki qavat ajratiladi. Тog’ay usti pardasining bevosita ostida duksimon shaklga ega yosh xondrotsitlar joylashadi. Perixondr tog’ay to’qimasining o’sishida va rege-neratsiyasida muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari, tog’ayning hujayralararo moddasida qon tomirlar yo’qligi uchun moddalar diffuziya yo’li bilan tog’ay usti pardalaridagi qon tomirlardan boradi. Тog’ay usti pardasi yo’q joyda oziq moddalar sinovial suyuqlikdan diffuziya yo’li bilan kiradi. Тog’ay hujayralararo moddasi kolloid bo’lgani uchun suv va tuz o’tishi osondir. Тog’ay oziqlanishinig yomonlashuvi tog’ay hujayralararo moddasida, ayniqsa, gialin tog’ayida SaQQ tuzlarining o’tirishiga olib keladi.
BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA TUZILISHI
Bu o'z ichiga oladi belgilangan hujayralari (fibroplastlarning, fibroplastlarning) tashkil etuvchi The bazasi material. Bu, shuningdek, bir tolali shakllanishiga ega. Ular aro modda vakili. Bundan tashqari, u turli bepul hujayralarni o'z ichiga olgan (yog ', daydi, semiz va boshqalar.). Biriktiruvchi to'qima matriksinde (tayanch) tashkil topgan. moddaning Jelly-kabi mustahkamlik uning tarkibi bilan bog'liq. Matrix yuqori gidratlangan gel yuqori molekulyar og'irligi birikmalar hosil bo'ladi deb. Ular aro moddaning og'irligi taxminan 30% tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan 70% suv bo'ladi. Bu tо‘qima tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi tо‘qima bо‘lib, suyak skeletining asosiy struktura majmuasi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakllantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi. Suyak tо‘qimasi hujayralararo moddalarni tarkibida kо‘p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97 % suyak tо‘qimada uchraydi.
Suyakning mezinximadan rivojlanishi
Preparat embriondan tayyorlangan. Oldin mikroskopning kichik obyektivida kо‘riladi. Preparatda suyak tо‘qimasining embrion xujayralaridan hosil bо‘lish jarayoni kо‘rsatilgan. Tayyor preparatni kuzatish jarayonida unda suyak xujayralari, ya’ni ostiositlar bilan birgalikda hosil bо‘layotgan ustunchalarni kо‘ramiz. Suyakning asosiy qismi eozin bilan pushti ranga, ostiosit hujayralarining yadrolari esa gemotoksilin bilan binafsha rangga bо‘yalgan. Ustunlarining asosiy moddasida kub yoki silindrsimon shakldagi ostiogen xujayralardan paydo bо‘lgan ostioblast hujayralar yotadi. Osteoblastlar kо‘payish xususiyatiga ega. Ana shularni kо‘payishidan suyak tо‘qimasi hosil bо‘ladi. Preparatni yuqori qismida chiziqqa о‘xshab yotgan bir necha qavat xujayralardan iborat osteogen tо‘qima kо‘rinadi. Tо‘qima tuzilishi jihatidan kо‘p qavatli muguzlangan epiteliyga о‘xshaydi. Tо‘qimada osteogen xujayralar bо‘lib, ular suyak tо‘qimasining ustini qoplovchi parda osteoblast xujayralarini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |