Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi. (2 Soat) reja



Yüklə 105 Kb.
səhifə1/13
tarix24.11.2023
ölçüsü105 Kb.
#134075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim (1)


4-MAVZU:
XIV ASRDAN XX-ASRNING 90-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA TA’LIM TIZIMI. (2 SOAT)
REJA:
1.Temuriylar davrida ilm-fan, talim-tarbiyaning ravnaq topishi.
2.Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jalolidliy Davoniy, Husayi Voiz Koshifiylarning ta’limiy-ahloqiy meroslari.
3.G’arb Uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 4.Ya.A.Komenskiyning pedagogik tizimi.
5.Turkistonda jadidchilik xarakati, Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari va uning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
6.XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada ijtimoiy pedagogigikaning rivojlaiishi. Sobiq Sho‘ro davrida O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika. Oliy ta’limning shakllanishi va kadrlar tayyorlash muammolari.
Tayanch so’zlar: Sharq uyg’onish davri, mutafakkir, fikr, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur.


1.Temuriylar davrida ilm-fan, talim-tarbiyaning ravnaq topishi.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko’radi.
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni o’tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shari­at qonun bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano, o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib ko’rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo’la oladi.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi. Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag’ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og’zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo’nalishi) va vazifalari, (vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi) mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin