Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi. (2 Soat) reja


Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi



Yüklə 105 Kb.
səhifə8/13
tarix24.11.2023
ölçüsü105 Kb.
#134075
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim (1)

Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg (1790-1866) XIX asr o’rtalarida demokratik pedagogikaning taraqqiyparvar namoyandasidir. Disterverg pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarni ham muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma» (1835) degan kitobini nashr qildirdi.
Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, go’zalikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir”, deb aytdi.
Distervegning fikricha, “Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’ya koladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi».


4.Ya.A.Komenskiyning pedagogik tizimi. (1592—1670)
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada “Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug’ildi. Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog’idan ko’chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu yerda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg’in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari Pol`shaning Leshno shahrida o’rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o’qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o’tkazishga kirishdi va maktablarda lotin tili o’qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig’iga asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi.
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o’qitish jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg’otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o’quv pyesasini yozdi va ulardan “O’yin maktab” kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo’lgach, Gollandiyaga ko’chib bordi va Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so’nggi yillarini xalqlar o’rtasida tinchlik o’rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini o’rganishga bag’ishladi.
Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O’zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O’z-o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o’z harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o’qitish mumkin”.
1. O’qishni o’z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo’linmasdan turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o’qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo’lishi lozim.
3. O’qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o’rgatishdan qiyinroq narsalarini o’rganishga o’tish kerak.
5. O’rganiladigan material ko’plik qilib, bolani qiynab qo’ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o’rgata borish lozim.
7. Bolaning yoshiga to’g’ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o’rgatmaslik kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur.
9. O’qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Go’daklikda jismoniy jihatdan o’sadi va sezgi organlari rivojlanadi. Bolalik davrida eslash qobiliyati, til va qo’li rivojlanadi. O’smirlik davrida tafakkuri o’sadi. Yetuklik davrida iroda takomillashadi.
Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi:
1.Onglik va faollik.
2. Ko’rsatmalilik.
3. Izchilik va tizimlilik.
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin