Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi. (2 Soat) reja


Turkistonda jadidchilik xarakati, Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari va uning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 105 Kb.
səhifə10/13
tarix24.11.2023
ölçüsü105 Kb.
#134075
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim (1)

5.Turkistonda jadidchilik xarakati, Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari va uning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, “yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrim-tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir.
1851-yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk g’oyalarni musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z navbatda jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi.
Jadid maktablarining ommaviy tus olishiga asosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883-yildan boshlab nashr etla boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv jarayonini tashkil etsh, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va metodik ko’rsatmalar bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi.
I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmoiy fikrlar taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek ziyolilari, pedagoglarining kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi.
1893-yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat amaldorlarini va Buxoro amiri Abdulahadni musulmon maktablarini isloh qildirishga ko’ndirmoqchi bo’ladi.
Ismoil Gaspirali Buxorodan so’ng poezdda Samarqandga borgan, undan Toshkentga kelib, Turkiston general-gubernatorligidagi, amaldorlar bilan o’z niyat-maqsadlarini o’rtoqlashgan. Biroq, Toshkentda uni yaxshi kutb olishmadi, loyihasi esa etborsiz qoldi rildi. 1893-yil 8-iyunda u yana Samarqand orqali Buxoroga qaytb borgan va amir bilan uchrashib, E.J.Laxzarining ko’rsatishicha, uni yangi usuldagi bir maktab ochishga ko’ndirgan. Ikkinchi usuli jadid maktabini 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla ochdi. Shu yili To’qmoqda ham yangi usul maktabi paydo bo’ldi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori yangi usul maktabini ochdilar. 1903 yilda, umuman, Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktabi bor edi. Bulardan 6 tasi Buxoro amirligida va 8 tasi Xiva xonligi hududida edi.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin