Kompaniya tizimida 2021-yil 9 oy davomida xizmat koʻrsatilgan sugʻurta turlari boʻyicha tuzilgan sugʻurta shartnomalari asosida jami 5 906 ta sugʻurta daʼvosi kelib tushgan boʻlib, shundan 5 202 ta sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs va naf oluvchi) larga 28,8 milliard soʻmdan ortiq sugʻurta zarar qoplamalari toʻlab berilgan. Masalan, sugʻurta shartnomalarida kelishilgan sugʻurta hodisalari natijasida zarar koʻrgan 198 ta fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjalik sugʻurta turlari boʻyicha jami 6,4 millirad soʻm, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sugʻurtasi boʻyicha YTH natijasida zarar koʻrgan 904 ta jabrlanuvchiga 6,7 milliard soʻm, ish beruvchilarning fuqorolik javabgarligining majburiy sugʻurtasi boʻyicha 87 ta holat uchun 4,9 milliard soʻm hamda boshqa sugʻurta turlari boʻyicha jami 4011 ta sugʻurtalanuvchiga 10,8 milliard soʻm miqdorida sugʻurta tovonlari toʻlab berildi. Yana 248 ta holat boʻyicha aniqlangan sugʻurta tovonlari toʻlash jarayonida boʻlsa, 456 ta holatda sugʻurta shartnomasi shartlari hamda amaldagi qonunchilik talablari boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlash rad etilgan. Yigʻilish yakunida aholi talab va takliflari asosida sugʻurta xizmatlari jozibadorligini oshirgan holda yangi sugʻurta turlarini ishlab chiqish, faoliyatga zamonaviy va kreativ yondashuvlarni joriy etishga kelishib olindi.
va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 91,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2020 yil yakuniga ko‘ra
jamiyat aktivlari 293,9 mlrd so‘m
sug‘urta mukofotlari tushumi 178,2 mlrd so‘m
sug‘urta zahiralari 162,6 mlrd so‘m
BIZNING VAZIFALAR QUYIDAGILARDAN IBORAT: Mas’uliyatlillik va haqqoniylik; Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlikni maqsad qilish; Amalga oshiriladigan sug‘urta bitimlarini samaradorligini, ishonchliligini ta’minlash; Ish yuritish etikasiga rioya qilish; Mijozlarga kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish; Keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish; Yangi axborot texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash;