At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov


Tasviriy san'atda o'qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 67,21 Kb.
səhifə5/6
tarix25.11.2022
ölçüsü67,21 Kb.
#119894
1   2   3   4   5   6
TASVIRIY SANAT O\'QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI

2.2. Tasviriy san'atda o'qituvchining pedagogik mahorati
Mahoratli o`qituvchida o`z soHasiga doir bilim va malakalarni, pedagogik va psixologik zarur bilimlarni bo`lishligi etarli emas. U boshqa oddiy o`qituvchilardan bir pog`ona yuqorida turadi. U ilg`or pedagogik texnologiyalarni egallash bilan bir qatorda o`zi ham bu texnologiyalarni yaratishda ishtirok etadi. U puxta bilimlar berish bilan birga har qanday pedagogik og`ir sharoitlardan osongina chiqib ketadi. U doimo izlanish, bolalar ustida tajriba- sinov ishlarini o`tkazib turadi. Mahoratli o`qituvchi xoh darsda, xoh darsdan tashqari vaqtlarda bo`lmasin o`z o`quvchilarini bir daqiqa e`tibordan qochirmasligi, ularni har birini ko`rib, kuzatib turishi, ular shu vaqtda nimalar haqida o`ylayotganliklari, ularning qanday orzu-umid va tashvishlar bilan yashayotganliklarini bilishi, ular bilan shunga yarasha ish olib borishi kerak bo`ladi.
Mohir o`qituvchining bolalarni sevishi, ularga inson sifatida munosabatda bo`lishi etarli emas. Uning mahoratga erishuvi ikki komponentdan tashkil topadi: 1. Tafakkur, aql-idrok. 2. Tajriba. O`qituvchi mahoratining asosini esa avvolo kasbiy bilimlar egallaydi. Bunday bilimlarga ega bo`lgan o`qituvchi dars vaqtida bolalarga ko`proq bilim va malakalar berishda qiynalmaydi. Darsda esa u ko`proq bilimlarni qanday yo`llar bilan etkazish haqida o`ylaydi. Pedagogik mahoratga ega bo`lgan o`qituvchi o`z faoliyatida quyidagilarga aloHida e`tibor beradi:
- sinfda odob va intizomga qat`iy rioya qilish;
- o`quvchilarni o`qishga qiziqtira olish;
- bolalar psixologiyasini yaxshi bilish;
- o`quvchi bilim va malakalari darajasini bilish va shunga yarasha ular bilan munosabatda bo`lish, ta`limiy ishlarni olib borish;
- mashg`ulotlarda bolalarga individual va tabaqalashtirilgan Holda munosabatda bo`lish;
- doim tetik, sinfda paydo bo`lgan turli muammo yoki ziddiyatlarni to`g`ri baHolay olish, sog`lom fikr yuritish;
O`qituvchi bolalarni majburlab, zo`rlab, zulm o`tkazish yo`li bilan emas, tushuntirish, ishontirish, pedagogik taktni saqlagan Holda xushmuomilalik bilan ish olib borgandagina, yaxshi natijaga erisha oladi.
Mahoratga ega bo`lishning bir qator yo`llari bor:
-o`z sohasi bo`yicha to`xtovsiz o`qish, o`rganish, o`z bilimini muntazam boyitib borish;
-o`qituvchilarning ilg`or tajribalarini o`rganish va taHlil etish;
-o`z darsida ilg`or pedagogik texnologiyalar yuzasidan tajriba- sinov ishlarini olib borish;
-o`zining shaxsiy metodikasiga ega bo`lish, unga intilish;
-bolalarni to`xtovsiz kuzatib yurish, e`tibordan qochirmaslik;
-ta`limni tashxis orqali amalga oshirish;
-Har bir bola bilan olib borilayotgan individual ishni chala yoki yarim yo`lda tashlab ketmaslik, uni oxiriga etkazish;
-o`z ishiga sidqi-dildan yondoshish, zavq-shavq bilan meHnat qilish, tushkunlikka tushmaslik;
O`qituvchilik maHorati Har bir bolaning ko`ngliga, diliga yo`l topa-bilishlik, u bilan til topa bilishlik, bir-birlarini tushuna- bilishliklarida ham ifodalanadi. Shuning uchun o`qituvchi buni doimo o`z e`tiborida saqlashi lozim.
Mahoratli o`qituvchi bo`lish uchun, uni shunchaki odobli bo`lishi etarli emas. U odobning yuksak namunasiga ega bo`lishi lozim. Bu sifat o`qituvchidan insonparvarlikni, Har qanday og`ir sharoitlarda Ham o`zini tuta bilishlikni, sabr-toqatli, tavoze va odobli, saHovatli, qimmatli, muruvvatli bo`lishlikni, xayrihohlikni talab etadi. Bu sifatlar o`qituvchida o`z-o`zidan emas, to`xtovsiz meHnat qilish, o`rganish, ijod qilish, bolalar ta`limi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini o`tkazish, ish natijalari yuzasidan o`rtoqlashish, muHokama o`tkazish jarayonida hosil bo`ladi.
O`qituvchining mahoratli bo`lishi ko`p jiHatdan uning madaniyatli bo`lishiga ham bog`liq. Bunda ko`proq axloqiy va estetik madaniyat nazarda tutiladi. Mahoratli o`qituvchi o`z ishiga o`ta mas`uliyatli va talabchan bo`ladi, u doimo o`zini muallimlik mahoratini qanchalik uddasidan chiqqanligini tekshirib borishi, bola ongi va qalbiga yo`l topishiga Harakat qilishi kerak bo`ladi. Mahoratli o`qituvchi uni 30-40 sinchkov qorako`z kuzatib turganligini, uni ma`naviy madaniyati, adolatparvarligi, tashqi qiyofasi, mehribonligidan bolalar namuna olishlarini doimo yodda tutishi lozim.
Mohir o`qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg`or o`qituvchilarning tajribalarini tinimsiz o`rganib boradi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. TashHis ta`lim asosida ish yuritish. 2. Texnika vositalaridan keng foydalanish. 3. Modulli o`qitish metodini bilish. 4. Ta`lim jarayonida muammoli vaziyatlar Hosil qilish, bolalarni ijodiy fikrlashga o`rgatish. 5.Ta`limga individual va tabaqalashtirilgan Holda yondoshish. 6. Darslarni munozarali o`yin va musobaqa tarzida o`tkazish v.b.
Ilg`or tajribani o`rganish, undan ko`r-ko`rona o`z faoliyatida foydalanish degan ma`noni bildirmaydi. Uning ayrim jihatlaridangina foydalanish mumkin. Chunki, har bir maktabni, har bir sinfni, har bir o`quvchini, u erda olib borilayotgan ishlarning o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi.
Har bir o`qituvchi mahorati, avvalo o`z soHasini yaxshi bilishiga bog`liq. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
-tasviriy, amaliy va me`morchilik san`atlarining tarixi va nazariyasini bilish;
-o`zbek san`atining milliy, badiiy an`analari yuzasidan chuqur bilimlarga ega bo`lish;
-tasviriy malaka va ko`nikmalarga ega bo`lish Hamda uni muntazam takomillashtirib borish;
-tasviriy san`atning pedagogik-psixologik asoslari Haqida ma`lumotlarga ega bo`lish;
-tasviriy san`atni o`qitish metodikasiga doir ilg`or zamonaviy texnologiyalarni chuqur egallagan bo`lish;
-tasviriy, amaliy va me`morchilik san`atlarining u yoki bu turi yoki janrlari bo`yicha ijodiy ishlar bilan shug`ullanish;
-o`quvchilarning tasviriy faoliyatiga doir to`xtovsiz tajriba-sinov, ilmiy-metodik ishlar bilan shug`ullanish;
-tasviriy san`atni o`qitish metodikasiga doir ilg`or tajribalarni muntazam o`rganib borish;
-tasviriy san`atni o`qitish metodikasi, san`atshunoslikka doir adabiyotlarni va tadqiqot natijalarini muntazam o`rganib borish;
-maktabda o`qitiladigan barcha fanlardan (ayniqsa, adabiyot, tarix, matematika, biologiya, chizmachilik, meHnat v.b.) ta`lim mazmuni bilan tanishgan bo`lishlik.


XULOSA

Xulosa o’rnida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini o’zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat boiib, istiqbol uchun yoilanmadir. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o’qituvchilaming pedagogik mahorati muhim rol o’ynaydi. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida shakllanar ekan, ushbu jarayonda o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir.


Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘ lishi kerak. Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalar- ning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. 0‘qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o‘quv qo‘llanmalari. darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo‘yicha izlanishlar. ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologi- yalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan peda­gogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkumi, siyosiy savodxonlikni, fikr- lash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakl­lantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib bora- yotgan o‘qituvchi va tarbiyachi.

Yüklə 67,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin