ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 23. « Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak
odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki,
zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan
aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A) «O‘tkan kunlar»
B) «Dunyoning ishlari»
C) «Shum bola»
+D) «Kecha va kunduz»
24. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! - Shudir senga so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim ... Ushbu otashin misralar kimning qalamiga tegishli?
A) Usmon Nosir
B) Haynrix Hayne
C) Aleksandr Pushkin
+D) Musa Jalil
25. Qaysi ma’lumot Mirkarim Osim haqida emas?
A) U Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida «Zulmat ichra nur» qissasini
yozgan.
B) Ijodkorning tarixga oid dastlabki yirik asari «Astrobod» qissasidir.
+C) Ijodkor birinchi bo‘lib «Mustaqillik» ordeniga munosib ko‘rilgan.
D) U Navoiyning hayot va ijod yo‘llarini keng aks ettiruvchi «Alisher Navoiy va
Darvishali», «Badarg‘a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug‘bek va Navoiy» singari qissa va
hikoyalar yozdi.
26. Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.
A) «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»
+B) «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Jar yoqasidagi chaqmoq»
C) «Tilak», «Qorako‘z majnun»
D) «Davr mening taqdirimda», «Samandar»
27. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor?
+A) bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt
B) cho‘loq, oqsoq, lang
C) sarf, chiqim, xarajat, xarj
D) chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal
28. Abayning “Naqliya so‘zlar” asarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Mamarasul Boboyev
+B) Nosir Fozilov
C) Nizom Komil
D) Ozod Sharafiddinov