ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 15. Kitob bebaho durga o‘xshaydi, insonlar ma’naviyatini boyitadi. Ushbu gapdagi tobe
bog‘lanishlarda hokim qism vazifasini bajara olmagan bo‘laklarni aniqlang.
A) sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi vositali to‘ldiruvchi
+B) ega, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi
C) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi
D) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi
16. Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Biz farzandlarimizni Ona Vatan va buyuk ajdodlarimizga hurmat, ulardan
faxrlanish tuyg‘usi bilan tarbiyalashimiz uchun ularga tarixni mukammal
o‘rgatishimiz lozim.
B) Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan ediki, otasi kelib eshik oldida
kavush yechayotganini ham payqamadi.
+C) Xonaga kirishim bilan meni ko‘rgan oyimning yuzlarida go‘zal tabassum paydo
bo‘ldi, chunki mening qo‘llarimda oyimga xush yoquvchi oppoq atirgullar bor edi.
D) Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari katta tajriba va malaka talab
qiladi, shuning uchun naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, iste’dodli
qismi hisoblangan.
17. Qaysi javobda yasama sifat va yasama ot ajratib ko‘rsatilgan?
+A) Xayollarim yugurik, yetomayman hech quvib. Bugungi ko‘rikdan hamma ham o‘ta olmadi. B) Barchamizning istagimiz shuki, dunyoda tinchlik bo‘lsin. Qo‘lidagi ketmon va kuragini bir chetga tashlab, uyga kirdi. C) Bolaga o‘yinchoq olib berishni va’da qilgani uchun do‘konga krb o‘tdi. Toychoq juda chiroyli edi, hammamiz uning atrofida ayalanardik. D) Bir tomoni juda botiq ekan, shunga o‘ylanib turibman, usta. Yopiq deraza orqasida kimlardir shivir-shivir qilishaedi. 18. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi?
1) uchun; 2) biroq; 3) sari; 4) tufayli; 5) qarshi; 6) kabi; 7) avval.
A) 2, 3, 5, 7
+B) 1, 3, 4, 6
C) 1, 4, 5, 7
D) 1, 2, 4, 6
19. Ilm zexnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Savobni gunoxdan, halolni xaromdan, tozani nopokdan ayirib beradi.
Ushbu parchada 3 ta so‘z xato yozilgan. Ushbu ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
20. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
+A) Tovus o‘zi chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa sharaf va shonini
saqlaydi.