ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 5. Qaysi qatordagi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?
A) Asadbek ana shu anglamaganlardan biri edi.
B) Haq do‘stlaring ko‘ngillarin aslo ranjitma.
C) Yo yaxshi gaplardan gapir, yo sukut saqla.
*D) Olimning yonidan ayrilma.
6. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi. Ushbu gapdagi birgina tovushdan iborat bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalarning sonini
aniqlang.
A) 2 ta
B) 1 ta
*C) 3 ta
D) 4 ta
7. Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni belgilang.
*A) ommabop
B) vafoli
C) basavlat
D) o‘yla
8. Qaysi qatorda tub so‘z berilgan?
*A) uyg‘oq
B) tarqoq
C) quvnoq
D) porloq
9. Qaysi qatorda tub so‘z berilgan?
A) dodlamoq
B) ko‘zlamoq
C) sharshara
*D) quvlamoq
10. Qanday sodda so‘zlar tub so‘zlar hisoblanadi?
*A) tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha bo‘lmagan so‘zlar
B) tarkibida lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan so‘zlar
C) tarkibida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan so‘zlar
D) tarkibida shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan
so‘zlar
11. Yov qochsa, botir ko‘payar. Ushbu maqolda yasama so‘z bormi, agar mavjud bo‘lsa, u
so‘z qaysi qo‘shimcha orqali yasalgan?
*A) -ay qo‘shimchasi orqali yasalgan
B) -ayar qo‘shimchasi orqali yasalgan
C) -sa qo‘shimchasi orqali yasalgan
D) maqolda yasama so‘z mavjud emas
12. Asosga qo‘shilib, yangi ma’no hosil qiluvchi qo‘shimchalar…
A) shakl yasovchi qo‘shimchalar
*B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
C) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
13. Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning faxrimizdir. Mazkur gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) 5 ta
*B) 6 ta
C) 7 ta
D) 8 ta