ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 3. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan - olim.
4. Yaxshini maqtaydilar.
5. Birpasda ovqatni yeb bo‘ldim.
6. Ozni ko‘p yengibdi.
A) 1,3,4,5
+B) 1,5
C) 1,3,5,6
D) 1,4,5,6
11. Qaysi gapda sifat hol vazifasini bajarmagan?
A) Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog‘larda ham havo ochilib ketdi.
+B) Oyko‘l qishlog‘ida na ko‘l bor, na kattaroq ariq.
C) Kuy ta’sirida tog‘lar avvalgidan azizroq va ulug‘vorroq ko‘rinib ketdi.
D) Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi.
12. Qaysi gapda -dan qo‘shimchasi o‘rnida -ning qo‘shimchasini qo‘llasa bo‘ladi?
A) Solih maxdum hamon Ra’nodan koyib kelardi.
B) Ona qizining peshonasidan o‘pdi.
C) Mehmonlar goh qovundan, goh uzumdan tatib ko‘rishdi.
+D) Odamlardan biri bu haqda aytgan edi.
13. Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. O‘zi uchun, qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni. Ushbu matnda nechta olmosh bor?
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 7 ta
+D) 8 ta
14. Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan?
A) sof fe’l
B) harakat nomi
+C) sifatdosh
D) ravishdosh
15. Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush
tushishi kuzatiladi?
A) chama sonlarda
B) tartib sonlarda
+C) jamlovchi sonlarda
D) taqsim sonlarda
16. Quyidagi qaysi so‘z “Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqidagi shartnoma” tarzida izohlanadi?
A) birja
B) investitsiya
+C) barter
D) marketing