ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI D) Ushbu so‘z oddiy oq nur ichida kamalakning yetti xil rangi mavjud emasligini
anglatish uchun qoʻllangan
8-VARIANT 1. Qaysi gap ega + aniqlovchi + aniqlovchi + to‘ldiruvchi + kesim qolipida hosil
bo‘lgan?
A) Jannat xola shoshib, hansirab yo‘lakka yugurdi.
+B) Atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.
C) Sham zo‘r mo‘jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi.
D) Anvar do‘stining gap boshlaganidan quvonib ketdi.
2. O‘z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Ushbu gapda nechta so‘z ham hokim, ham tobe qism vazifasini bajara oladi?
A) 3 ta
B) 6 ta
+C) 5 ta
D) 4 ta
3. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor?
A) 8 ta
B) 7 ta
+C) 6 ta
D) 4 ta
4. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?
+A) U endi podshoning topshirig‘ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun
ayyorligini ishga solar edi.
B) Barmog‘ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda
tish og‘rig‘i darrov to‘xtaydi.
C)Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani
tashlab qo‘yar ekan.
D)Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimda o‘zimga
tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
5. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so‘zlar soni ikkita?
A) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko‘chada dod-faryot ko‘tarilib qoldi.
B) Zebi yuragida tugulib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi.
+C) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma.
D) O‘rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi.
6. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
+A) ajabtovur, armug‘on, tajovuz
B) daromat, strategiya, sa’y-harakat
C) pinxona, mudofa, taqiqlamoq
D) taajjub, zarp etmoq, yondashuv
7. Yigit boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmasin. Ushbu gapda yigit so‘zidan keyin
vergul qo‘yilsa, qanday grammatik o‘zgarish kuzatiladi?
A) Gapdagi ega undalmaga aylanadi.
B) Gapdagi ega kirish so‘zga aylanadi.
C) Gapda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘ladi.
+D) Gapdagi aniqlovchi undalmaga aylanadi.