ATTESTATSIYA TESTLARI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI 21. “Barakalla ota-oʻgʻil, bopladingiz!” Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. Ushbu gapda imlo me’yorlariga amal qilinmay yozilgan so‘zlar soni nechta?
+A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) bunday so‘z mavjud emas
22. Qaysi gapda qatnashgan yetakchi va ko‘makchi felli so’z qo‘shilmasining ko’makchi fe’l
qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
+A) U mavzuni darrov tushuntirib qo‘ydi.
B) Do‘stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi.
C) Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
D) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.
23. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda yasama so‘zlar haqida bildirilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
+A) yasalish asosi ot bo‘lgan yasama fe’l qatnashgan.
B) ushbu gapda affiksatsiya va kompozitsiya usulida yasalga yasama so‘zlar
qatnashgan.
C) yasalish asosi sifat bo‘lgan yasama ot qatnashgan.
D) so‘z yasovchi qo‘shimcha ta’sirida yetakchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan.
24. Hamid Olimjonning hikoyalar to‘plami nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) “Ikki muhabbat”
B) ”Ikki qizning hikoyasi”
+C) “Tong shabadasi”
D) “Daryo kechasi”
25. Qaysi asar qahramoni “mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak” deya
ta’riflanadi?
+A) “Mehrobdan chayon”
B) “Yulduzli tunlar”
C) “Shum bola”
D) “Kecha va Kunduz”
26. Yozuvchilarimizdan A. Qahhor va Shuhrat o‘rtasida qaysi jihatlarda o‘xshashlik
kuzatishi mumkin?
A) Ikkovi ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatini davom ettirmagan.
B) Ikkovi ham bolaligida yetim qolgan.
+C) Ikkovi ham tugallanmay qolgan asar muallifi.
D) Ikkovi ham qatag‘onga uchragan.
27. Qaysi ijodkorning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib
chiqqan?
A) Turob To'la
B) Saida Zunnunova
+C) Zulfiya
D) Mirmuhsin