ATTESTATSIYA TESTLARI
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
B) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
bo‘ladi.
C) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi.
D) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim.
21. Qaysi javobdagi ajratilib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz
bergan?
A)
Maysa ham uyg‘onar qayta qish o‘tib…
B)
Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi.
+C)
Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar.
D)
Bozor oyoqqa turdi, shovqin-suron yer-u ko‘kni tutdi.
22.
Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan
hamsuhbat bo‘lish demakdir. Ushbu gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.Ushbu ma’lumot...
+A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
23. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o‘rnida tireni qo‘yib bo‘lmaydi?
A) O‘rinsiz g‘azab // o‘zingga azob.
+B) Aziz kitobxon // hali kata oilaning qissalari tugamadi.
C) Uylar, devorlar, daraxtlar // hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) A’lo o‘qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.
24. “Alpomish” dostonida qaysi qahramon:
“Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida
sichqonlar bolalab yotgan”, - deya tasvirlanadi?
A) Ko‘kaldosh
B) Yartiboy
+C) Qo‘shquloq
D) Qorajon
25.
. . . kun tug‘adi, olam yorug‘ bo‘ladi, U yorug‘ligini hammaga yetkazadi, o‘z-o‘zicha
yo‘qolmaydi. Mening ham qoidam (odatim) shunday, o‘zim yo‘qolmayman, Fe’lim va
muomalam barcha xalq uchun birdekdir. . . . Tuqqan kun (chiqqan kun) yaxshi yoki
yomon demaydi, Barchaga birdek nur sochadi, o‘zi kamaymaydi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida qaysi ramziy qahramon o‘z sifatlarini
ana shu tarzda, ya’ni kun (quyosh)ning xususiyatlariga qiyoslagan holda ifodalab
bergan?
A) davlat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
+B) adolat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
C) aql va zakovat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
D)qanoat (ofiyat) ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
26.
“Yigitlik chog‘i − o‘yin-kulgi, rohat qilish davri, qarilik esa mehnat va toat-ibodat
davridir. Yoshlikda qilingan hamma gunohlar kechiriladi, keyinchalik mehnat va
ibodat qiladigan vaqt ham keladi, o‘shanda qilamiz”, − deya umrini behuda o‘tkazgan,
ammo qarib, o‘lim tushagida qolganda: “Qarigach, shunday kunlar boshimga
tushajagini bilsam edim, yigitlik davrimni uvol qilib behudaga o‘tkazmagan bo‘lar
edim”, − deya afsuslangan g‘ofil kishi haqidagi hikoyat qaysi asarda keltirilgan?
+A)“Saddi Iskandariy” (Alisher Navoiy)
B)“Zarbulmasal” (Muhammadsharif Gulxaniy)
C)“Qisasi Rabg‘uziy” (Nosiruddin Rabg‘uziy)
D)“Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib)