1. Hududlarda g’azna ijrosini tashkil etishning zarurligi
2. Hududiy byudjetlar daromadini shakllantirish va xarajatlarni amalga oshirish
3. Hududiy g’aznachilik organlari faoliyati
4. Hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida g’azna ijrosini samarali tashkil etish
Hududlarda byudjet g’azna ijrosini tashkil etishning zarurligi
Har qanday davlatda boshqaruv tizimining xususiyatiga qarab, byudjet tizimining tarkibi qonuniy tarzda belgilanadi. Shunga ko’ra federativ davlatlarda 3 bo’g’inli byudjet tizimi amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd qilinishiga mamlakatda 2
bo’g’inli byudjet tizimi amal qiladi. Bularga Respublika byudjeti va mahalliy
byudjetlar kirishi ko’rsatilgan.
Davlat byudjet siyosati vazifalarini amalga oshirishda byudjet amaliyotida shakllanib borayotgan tendentsiyalar, qonuniyatlar qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish lozim:
Davlat moliyasini boshqarish va davlatning moliyaviy resurs imkoniyatlari tarkibida davlat byudjeti mablag’lari ahamiyatining o’sishi;
Mahalliy byudjetlar majburiyatlarining ortishi, ular zimmasidagi byudjet xarajatlari ko’lamining o’sishi;
Mahalliy byudjetlar majburiyatlarining o’sishi natijasida ular xuquqlari va moliyaviy imkoniyatlarini oshirishmuammosining keskinlashuvi.
Byudjet bo’g’inlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishning zamonaviy
usullari,shakllari hamda tamoyillarini amal qilinishini ta’minlash ahamiyatining ortishi.
Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat
hokimiyatining iqtisodiy imkoniyatlarini moliyaviy asoslarini yaratadi.
Masalan, iqtisodchi G.V. Polyak quyidagi fikrlarni bildiradi “Davlat byudjetdan o’zining faoliyatini bevosita moliyaviy ta’minlashning instrumenti