6. Fikr - 3-xat boshidan 4-xat boshigacha bo’lgan tekst.
Qo’shimcha
tushuntirish berilmagan shartsiz xulosaning so’nggi qismida auditorning xulosasi
keltiriladi. Bu qism shunchalik muhimki, ko’pincha auditorlik xulosasi «auditor
fikri» deb yuritiladi. Umuman «bizning fikrimizcha» degan so’zlar mutlaq ishonch
hosil qilish mumkinligini rad etadi, ya’ni xulosalar mutaxassisning fikrlashi
mahsuli ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari auditdan o’tgan hisobotda
doimo ma’lumot tavakkalchiligi mavjud ekanligini qayd etish kerak.
Fikrni ma’lum qilish abzatsi birinchi va to’rtinchi umumiy qabul qilingan
audit andozalari bilan bevosita bog’liq. Auditorning oldiga qo’yilayotgan talab
shundan iboratki, u moliyaviy hisobot bo’yicha to’la fikr berishi va
tekshirilayotgan kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga rioya
qilishini aniqlashi kerak.
Auditorlik xulosasining ziddiyatli tomonlaridan biri - bu «to’g’ri aks ettirgan»
41
degan so’zlardir. Agar kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga
to’la rioya qilgan bo’lsa, uning moliyaviy hisoboti har doim ham to’g’ri, haqqoniy
bo’ladimi? yoki bu so’zlar ko’proq va chuqurroq ma’noni anglatadimi? Shuni qayd
etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda audit natijalari bo’yicha sudlashilganda
sudlar ko’pincha auditorlarni umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublaridan
chuqurroq tekshirish olib borishadi, degan xulosaga keladi. Ko’pchilik auditorlar
esa moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga mos bo’lsa,
u korxona ish faoliyatini to’g’ri aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ma’lumotda xato
yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun, bizning fikrimizcha, chuqurroq xo’jalik
muomalalarini tekshirish, uning mazmuniga e’tibor berish kerak, deb hisoblaymiz.
7. Auditorlik kompaniyasining nomi va xolis auditorlar imzosi.
Bu erda
auditorlik firmasining nomini keltirish muhimdir, chunki audit uchun kasbiy va
yuridik javobgarlik auditorlik firmasi zimmasidadir.
8. Audit xulosasi imzolangan sana
va
9. Ob’ektda audit tugatilgan sana
ko’p hollarda ma’lum bir kun bo’ladi. Bu
sananing muhimligi shundaki, shu kungacha auditor javobgar bo’ladi. Masalan,
balans 31 dekabr 200X yil bilan tugatilgan bo’lsa va auditorlik xulosasi 20 fevral
200Y yil bilan imzolangan bo’lsa, auditor 20 fevral 200Y yilga qadar tekshirish
o’tkazishga harakat qilinganligini anglatadi.
Shunday qilib, audit natijasi bo’yicha beriladigan xulosaning qismlarini
bo’g’inlarga ajratib, tahlil qilishni va qisqa shaklda katta mazmun berishni audit
natijalari bo’yicha to’la hisobotni oshkor etib bo’lmasligi, ya’ni audit
ma’lumotlarining konfidentsialligi taqozo etadi.
O’zbekiston iqtisodining hisob va hisobot tizimida, auditorlik faoliyatida,
hozirgi kunda yuqorida keltirilgan takliflar asosida ish yuritish va xulosa
tayyorlash o’ta muhim, deb hisoblaymiz.
42
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xil shakllarining vujudga
kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi auditorlik
tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish va taqdim etish borasida
ham ma’lum bir muammolarni vujudga keltirdi. Ushbu kurs ishimizda auditorlik
tekshiruvlarining natijalarini baholash va umumlashtirish hamda auditorlik
xulosasi va hisobotini tuzish bo’yicha taklif va amaliy tavsilar ishlab chiqdik
quyidagi xulosalar ishlab chiqildi.
I. Auditorlik hisoboti tuzishda tomonlarning huquqlari va burchlarini tartibga
solish.
Ularning o’zaro mas’uliyati mustaqil tekshirish chog’ida tomonlarning
huquqlari, burchlari va o’zaro mas’uliyati moliya nazoratida audit uchun xarakterli
uch xususiyat asosida o’rganildi. Ushbu kurs ishida auditorlarning tadbirkorlik
faoliyati va ular bajaradigan dalolat berish vazifasi natijalarining o’zaro bog’liqligi
jihatlari bo’yicha zarur aniqliklar ishlab chiqildi.
Ayni shu sababli, bunday munosabatlarning zarur va qat’iy nazorat
qilinadigan sharti – bu tashqi auditorning tekshirayotgan iqtisodiy sub’ektning
ma’muriyatidan mustaqilligidir. Kurs ishda bunday mustaqillikning turli
muammolari umumlashtirildi va tafsillashtirildi. Unda mustaqillikning quyidagi
jihatlari muhokama qilingan:
1.
Tashkiliy mustaqillik: ta’sischilarning tarkibi bo’yicha; tashkiliy-huquqiy
shakli bo’yicha; mulkchilik shakli bo’yicha; ishlab chiqarish tuzilishi bo’yicha,
kadrlar tarkibi bo’yicha (jumladan shaxsiy va oilaviy sifatlar bo’yicha)
2.
Moddiy-texnikaviy mustaqillik: ustav kapitali miqdori etarliligi; muayyan
moddiy texnika bazasining mavjudligi; zarur hollarda davlatning qo’llab-
quvvatlashi; xodimlarning moddiy ta’minlanishi darajasi.
Umumiy xulosa shundan iboratki, audit o’tkazish uchun tuzilgan
shartnomalarning dispozitiv jihatlaridan ayniqsa hozirgi sharoitda xatarlarni
oqilona taqsimlash uchun mumkin qadar to’la foydalanish lozim.
II. Auditorlik hisobotini ishonchliligini ta’minlash va xatarni kamaytirish
uchun dalillar to’plash.
Auditorlik xatarini kamaytirishning asosiy yo’llari maxsus
43
adabiyotlarida ko’p marta bayon qilingan modeli (DAR=IR
CR
DR)
yo’nalishida tadqiq etilgan. Auditorlik xatari komponentlari va uning darajasini
auditorlik dalillarini to’plash orqali komponentlar bo’yicha pasaytirish omillari
tahlil qilindi. Shu omillar orasida quyidagilar batafsil tadqiq etildi:
1. Oldingi auditorlik tekshirishlarining natijalari yuzasidan chiqarilgan
xulosalar (nazorat tizimi samaradorligi baholash uchun asos sifatida); ichki nazorat
tizimining bo’sh joylari borligi to’g’risida auditorlik dalillarining mavjudligi;
ma’muriyatga yoziladigan xatda shu bo’sh joylarni ko’rsatish; joriy yilda ichki
auditorlar yordamida shu bo’sh joylarni o’rganish va mustahkamlash; mustaqil
auditor yordamida bo’sh joylarni tugatish imkoniyati; nazorat tizimining shu
uchastkasi o’z holiga tashlab qo’yilgani yoki aksincha – yaqinda tahlili qilingan va
bu sohada ishlarning ahvoli mustahkamlangani.
2. Hisobotning o’zi tahlil qilishga auditorlik tadbirlariga, to’plangan dalillarga
asoslangan xulosalar; foydanilgan usullarni baholashdagi sub’ektivlik darajasi;
hisobot mijoz firmasini boshqarishda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar;
operatsiyalarning murakkabligi darajasi; faoliyatning ayrim uchastkalari bo’yicha
yakunlovchi ko’rsatkichlarning katta xatarga uchrashi mumkinligi, hisob siyosati
o’zgarishining jiddiy ta’siri; operatsiyalarning ularning turlariga ko’ra
operatsiyalarni amalga oshirish oralig’i; alohida e’tibor berish talab qiladigan havf-
xatar kuchli zonalarining mavjudligi; qadrlar qo’nimsizligi, ularning professional
bilimini oshirish omillari; turli dasturlardan foydalanish chog’ida axborotni ishlab
chiqarish tizimining murakkabligi va boshqalar.
3. Auditor standart ijobiy xulosa berish chog’idagi aminlik darajasi mutloq
darajadan kam bqladi - bu fikr oldingi ikki fikrdan mantiqan kelib chiqadi, lekin
uni aloxida ta’kidlash muhim, chunki O’zbekistonda, xalqaro tajribada ham
auditorning ijobiy xulosasining vazni ancha yuqoridir.
4. Auditorlar va foydalanuvchilarning maqsadlaridagi sanab qtilgan
ziddiyatlar sqzsiz ravishda ularning qrtasida boshqa ziddiyatlarni, jumladan pul
bilan baholanadigan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Tajribaning ko’rsatishicha,
xaqiqiy auditorlik tekshirishi chog’ida nuqsonlarning aniqlanishi deyarli
44
muqarrardir. Taraqqiyotning eng maqbul yqlidan ma’lum darajada og’ishining
paydo bqlishi umuman har qanday xqjalik tizimiga xosdir. Shu sababli auditor har
gal har bir nuqsonning muhimligini (qilinayotgan hisobot segmentlaridagi
nuqsonlarni xam) baxolashga, to’plangan jami auditorlik dalillarini kqrib
chiqishga, ularning buxgalteriya hisobotining tqg’riligiga va ishonchligiga umumiy
ta’sirini baholashga majbur bo’ladi.
Ma’muriyat tayyorlagan hisobotda u tasdiqlagan fikrning mohiyatini,
shuningdek, auditorlik dalillarining mohiyatini, ularni to’plash zarurati va
usullarini tadqiq etish auditorlar ishining asosiy qismidir. Shunga muvofiq ravishda
bu axborot xatari, shuningdek auditorlarnig tadbirkorlik xatari darajasini
pasaytirishning qudratli omili hamdir.
Kurs ishda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq qilinishi
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish va taqdim etish
jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va takomillashtirishda
o’ziga xos o’rin egallaydi.
45
|