Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi va uni takomillashtirsh



Yüklə 201,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix26.11.2023
ölçüsü201,75 Kb.
#134871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi va uni takomillashtirsh.doc

Auditorlik hisobotining yakuniy qismi
da aniqlangan xato-kamchiliklar va
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari,
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini
oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. 
№ 700-AXS ga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti
uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik
hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas.
Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun
27


qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi
13

Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek,
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning holati, tahlil ishlarining
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi.
Auditorlik hisoboti ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira
olishga qodirligini yoki aksinchaligini bildirishi lozim.
 
Albatta, tekshirilayotgan
korxonadagi ahvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot
haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda
xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni o’tkazish uchun
sarflangan mablag’ esa zoe ketadi. 
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga
qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgan
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi
mutlaqo mumkin emas. 
Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib
yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash
maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular
qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim. 
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning
moliyaviy holatini to’g’ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan
muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib
ko’rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo’lmaydi.
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko’rsatishlar
mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi har bir shubhasi, o’z shubhalaridan
13
№700-«
Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» nomli AXS. 
28


kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab
qiladi.
Moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobini tashkil
etish va yuritish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida
buxgalteriya ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi
mavjud: ataylab qilingan va bilmasdan sodir etilgan.
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan
 
buzib ko’rsatishlarni sodir etish
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt xodimlarining oldindan bilgan holda harakat
qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazgo’ylik maqsadida amalga oshiriladi.
Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma’lumotlarida buzib
ko’rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy sub’ektining xodimi tomonidan oldindan
bilgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to’g’risida xulosa faqat
bunga vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini
unutmasligi lozim.
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda
 
buzib ko’rsatishlar tekshirilayotgan
sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat
qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob
to’liqligi yuzasidan nazorat etarli bo’lmaganligi, hisobda xo’jalik faoliyatiga oid
voqealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto’g’ri aks etilishi natijasida hosil
bo’lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko’rsatish ahamiyatli
(ya’ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta’sir etadiki,
natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto’g’ri xulosalarga kelishi
yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin.
Audit o’tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib
ko’rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham
buzib ko’rsatish paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini
nazarda tutish kerak.
Buzib ko’rsatishlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan iqtisodiy sub’ektning
29


ichki xo’jalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir:
- iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy qo’yilmalarni
amalga oshirish;
- iqtisodiy sub’ekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o’sishiga yoki
foydaning ko’p miqdorda kamayishiga aylanma mablag’larning nomuvofiqligi;
- ma’lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy sub’ektning bir yoki bir nechta
buyurtmachilar yoki mol etkazib beruvchilarga qaram bo’lishligi;
- foydaning katta miqdorda o’zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy
munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o’zgarishlar;
- iqtisodiy sub’ekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida, moliyaviy natijalar
miqdoriga ahamiyatli ta’sir ko’rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlarni amalga
oshirish;
- bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to’lovlar mavjudligi;
- iqtisodiy sub’ekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimda
kamchiliklar mavjudligi;
- kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari;
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda
belgilangan qoidalardan chetga chiqish.
Buzib ko’rsatishlar hosil bo’lishiga sabab bo’luvchi iqtisodiy sub’ekt
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman
mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan
iborat:
- iqtisodiyot tarmog’i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz,
depressiya yoki yuksalish;
- tarmoq inqiroz holatida bo’lishi munosabati bilan iqtisodiy sub’ekt inqiroz
holatiga tushib qolish ehtimolining oshishi;
- iqtisodiy sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish texnologik
xususiyatlari.
Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib
ko’rsatish mavjud bo’lishini hisobga olib, auditor tashkiloti auditorlik
30


muolajalarini ishlab chiqish jarayonida moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatish
tavakkalchiligini baholaydi. Shuning bilan bir qatorda, auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatish mavjud ekanligi holatlarini ataylab izlab
topishi tavsiya etilmaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib ko’rsatish
aniqlangan holda auditorlik tashkiloti ularni tekshirilayotgan hisobotga barcha
ahamiyatli tomonlardan ta’sirini baholashi lozim.
Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar aniqlanishi munosabati bilan
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektda buzib ko’rsatishlarga olib
keluvchi vujudga kelishi mumkin bo’lgan quyidagi kamchiliklarni hisobga olishi
lozim:
- buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish va yuritishga oid qonunchilik
bilan belgilangan tartiblardan chetga chiqishlar;
- hisobot davrida alohida xo’jalik operatsiyalarini aks etishda va mol-mulkni
baholashda korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga rioya qilmaslik yoki uning
yo’qligi;
- soliq va valyuta qonunchiliklarini buzish;
- moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi boshqa xato va
kamchiliklar.
Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar aniqlanganda auditor quyidagilardan
kelib chiqib, ishlab chiqilgan auditorlik muolajalarini qaytadan to’g’rilab chiqishi
lozim:
- korxonada sodir etilgan va buzib ko’rsatishlarga olib kelganxato va
kamchiliklar turlaridan;
- aniqlangan buzib ko’rsatishlar ahamiyatliligi darajasidan;
- tekshiruv davom etganda buzib ko’rsatishlar kelib chiqishi tavakkalchiligi
va buzib ko’rsatishlar aniqlanmay qolinishi tavakkalchiligidan.
Agar auditor holatlar bo’yicha ahamiyatli buzib ko’rsatishni aniqlasa, u ushbu
masalani xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi lozim.
Rahbariyat bilan masala yuzasidan muhokama o’tkazilganda auditor boshqa
31


ma’lumotlar va rahbariyatning auditor so’rovlariga javoblari asoslanganligiga har
doim ham to’g’ri baho bera olmaydi va, shu bois, u haqiqatdan ham fikrlar va
mulohazalarda farqlar mavjudligini ko’rib chiqishi lozim.
Agar auditor holatlar bo’yicha ahamiyatli so’zsiz buzib ko’rsatishlar
mavjudligiga haqiqatdan ham ishonch hosil qilsa, u rahbariyatdan malakaviy
uchinchi tomon, masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqshunosi bilan
maslahatlashishni iltimos qilishi va olingan javobni tahlil qilishi lozim.
Agar auditor boshqa ma’lumotlar haqiqiy holatni buzib ko’rsatishi to’g’risida
xulosa chiqarsa va bularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati to’g’rilashdan
bosh tortsa, auditor o’z nuqtai-nazari to’g’risida ijrochi hay’atga yozma ma’lumot
taqdim etishi va keyingi harakatlar to’g’risida o’z huquqshunosi bilan
maslahatlashishi kerak.
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi
turli xato va kamchiliklarni oldini olish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki
nazorat tizimi qay darajada samarali ekanligini baholashi lozim. Agar auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib ko’rsatishlar
vujudga kelishini oldini olishga qaratilgan ichki nazorat tizimi qobiliyat darajasi
(oldin ko’zda tutilgandan) pastroq ekanligi to’g’risida xulosaga kelsa, auditorlik
tashkiloti ichki nazorat tizimi ishonchliligiga bergan dastlabki bahosini qaytadan
ko’rib chiqadi, va, shu munosabati bilan, qo’llaniladigan auditorlik muolajalar
hajmi va tavsiflariga aniqliklar kiritadi.
Audit jarayonida moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar holatlari
aniqlaganda, auditorlik tashkiloti ularni tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ishchi
hujjatlarida batafsil aks etishi lozim.
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda aniqlangan buzib ko’rsatishlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot
to’g’risidagi auditorlik xulosasiga, turli maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan
tashabbusli audit o’tkazishda esa - auditorlik hisobotiga kiritishi lozim.
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan
32


kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa,
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi
to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi. 
33



Yüklə 201,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin