AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI VA UNI
TAKOMILLASHTIRSH
MUNDARIJA
:
Kirish...............................................................................................
3
1. Auditorlik yakuniy bosqichi
natijalarini umumlashtirishning maqsadi va
vazifalari.....................................................................................................
6
2. Auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirishda xulosa va hisobot
tuzishning zaruriyati.................................................. ................................
19
3. Auditning xalqaro stadartlari asosida auditorlik tekshiruvi yakuniy
bosqichi natijalarini umumlashtirishni va takomillashtirish……………
35
Xulosa………………..................................................................................
44
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................................................
47
2
Kirish
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari
samarali rivojlanishi uchun xo’jalik subyektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari
zarur hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik subyektlarining moliyaviy holatini
bilish uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati
yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 19-sentyabrdagi
― O’zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi PQ-3946-sonli qarori bilan mamlakatimizda auditning
normativ-huquqiy va uslubiy bazasini shakllantirish, shuningdek, auditorlik
faoliyatini sertifikatlashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimini joriy etish
kabi vazifalar belgilab berilgan bo’lib, bu bilan auditorlik xizmatlari bozorining
shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining
yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta‘minlashga erishish lozimligi ta‘kidlab
o’tilgan
1
. Shuningdek, qarorda 2020-yil 1-yanvardan boshlab auditning xalqaro
standartlari asosida auditorlik tekshiruvlarining tashkil etilishi belgilab berilishi
bilan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mamlakatlar o’rtasidagi
hamkorlikni, jumladan, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda
investitsiya muhitini yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilishi nazarda
tutilgan. Bundan tashqari 2021-yil 25-fevraldagi “Auditorlik faoliyati
to’g’risidagi” O’RQ-677-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi
ham hozirgi davrda auditorlik faoliyati ahamiyatini va zaruriyatini ko’rsatadi. Bu
qonun bilan auditorlar va auditorlik tashkilotlari faoliyati, mamlakatda auditorlikni
tartibga solish ko’zda tutilgan bo’lib, bu qonun “Auditning Xalqaro Standartlari”ga
tomon yana bir qadam yaqinlashish hisoblanadi
2
. Barchasining negizida tub
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning
nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qarori.
http://lex.uz
2
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2021 yil 25 fevral. O’RQ-
677-son.
3
kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-
yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi doirasida “Inson
qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining
4-maqsadida ichki audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash
tizimini yaratish ustuvor yo’nalish sifatida keltirib o’tilgan
3
Mamlakatimizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda
shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ishbilarmonlik
muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi.
Auditorlik faoliyati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ochiqligini
ta’minlashda muhim instrumentlardan biri hisoblanadi.Auditorlik xizmatlarini
ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligiga baho beradi. Xususan, moliyaviy hisobotning
to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki ushbu moliyaviy hisobotga ishonib bo‘lmasligi
haqida o‘zining asoslangan fikrini bayon qiladi. O‘z navbatida o‘tkazilgan
auditorlik tekshiruvi barcha darajadagi korxona va tashkilotlarning faoliyat
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni
4
Dostları ilə paylaş: |