Auksion narxi kimoshdi savdosi natijasida aniqlangan tovar narxi


Eng umumiy ko'rinishda narx – xaridorning sotib olingan mahsulot uchun to‘laydigan pul miqdori; Firmada



Yüklə 20,85 Kb.
səhifə2/4
tarix07.02.2023
ölçüsü20,85 Kb.
#123124
1   2   3   4
Narxlash

Eng umumiy ko'rinishda narx – xaridorning sotib olingan mahsulot uchun to‘laydigan pul miqdori;
Firmada muvaffaqiyatli narx siyosatini olib boorish uchun qanday tashqi omillarni puxta o’rganish lozim - narx shakllanishining amal qiluvchi tamoyillarini, soliqqa tortishni, xarajatlarni tannarxga kiritish tartibini, foydani taqsimlash tamoyillarini, ushbu masalalr bo’yicha qabul qilingan qonunlarni.
INCOTERMS qoidalari - xalqaro savdo qoidalaridir.
Ijtimoiy rivojlanish manfaatlariga nimalar kiradi - kapital va ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotni, fan va texnikani rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning jahon iqtisodiyotidagi rolini oshirish;
Ishlab chiqarish tannarxi nimani ifodalaydi - korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflangan pul (resurs) xarajatlari bo‘lib, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining tannarxi va zarur mahsulot tannarxini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish tannarxi qanday muhim funksiyalarni bajaradi - mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun barcha xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilish, korxona mahsulotlarining ulgurji narxini shakllantirish, foyda va rentabellikni aniqlash, mavjud korxonani rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash va kengaytirishga real investitsiyalarni kiritishning maqsadga muvofiqligini iqtisodiy asoslash, korxonaning optimal hajmini aniqlash, ko‘plab boshqaruv qarorlarini iqtisodiy asoslash va qabul qilish va hokazo.
INCOTERMS qoidalaridan qachon foydalaniladi - xalqaro oldi-sotdi kontraktlarni tuzishda.
INCOTERMS qoidalari nimalarni aniqlab beradi - tovar etkazib beruvchi va importyor o'rtasidagi tavakkalchiliklar (risklar) va xarajatlarni taqsimlanishni belgilab beradi.
"INCOTERMS 2020" Xalqaro savdoda qo'llaniladigan xalqaro qoidalardagi atamalar soni nechta - 11 ta.
Import qilinadigan tovarlar turlariga qarab QQSni hisoblashda agar import qilinadigan tovarga ham bojxona to‘lovlari, ham aksiz solig‘i solinadigan bo‘lsa, qaisi formulani qo‘llash kerak - QQS stavkasi x (Tovarning bojxona qiymati + bojxona bojlari + aksiz solig‘i) = QQS.
Jahon narxlari nima uchun xizmat qiladi - xalqaro kontraktlarning narxini aniqlash uchun.
Jahon tovar bozori - xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan mamlakatlar o'rtasidagi tovar-pul munosabatlari sohasi.
Jahon narxlari - aniq tovar bo'yicha xalqaro savdo holatini etarli darajada to'liq tavsiflovchi va yirik eksport-import opertsiyalari o'tkasiladigan narxlardir.
Korxona tender narxini belgilar ekan u qanday maqsadni ko'zlaydi - maqsad shartnomani olishdir va shuning uchun korxona o‘z narxini raqobatchilar taklif qilgan darajadan pastroq darajada belgilashga harakat qiladi;
Korxona faoliyatining yakuniy natijalari, shu jumladan foyda va rentabellik nimaga bog‘liq - narx darajasiga;
Korxona xarajatlariga asoslangan narxlarni shakllantirish metodlariga qanday metodlar kiradi - to’liq xarajatlar metodi, to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar metodi, maqsadli foydani ta’minlash metodi.
Korxonada коn’yunktura tadqiqotlarini olib borish qanday bosqichlardan iborat bo’ladi - kоn’yunktura tadqiqotlari maqsadi va yo’nalishlarini aniqlash, axborot olish manbalarini aniqlash, axborotlarni to’plash, axborotlarni tahlil qilish, kоn’yunktura sharhini tuzish, kоn’yunkturaning prognoz bahosi, natijalar to’g’risida hisobot, natijalardan foydalanish.
Kon'yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib nima hisoblanadi - kon'yunktura sharxi.
Kon'yunkturani tahlil qilishning makroko’rsatkichlarga nimalar kiradi - umumxo’jalik kon'yunkturasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, yani yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, tovar aylanmasi (tovar oboroti) ko’rsatkichlari, pul muomalasi ko’rsatkichlari, istе'mol ko’rsatkichlari.
Kon'yunkturani tahlil qilishning mikroko’rsatkichlarga nimalar kiradi - alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi, yani ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va istе'moli, narx dinamikasi va x.k
Korxonaning narxlashtirish sohasidagi maqsadlariga nimalar kiradi - korxonaning strategik vazifalarini hal qilish, bozor ulushini olish va oshirish, korxona imijini yaxshilash, umumiy marketing tadbirlari xarajatlarini kamaytirish.
Korxonada narx siyosatidan qanday maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi - sotish rentabelligini mаksimallashtirish, korxona sof xususiy kapitalining rentabelligini mаksimallashtirish, korxona barcha aktivlarining rentabelligini mаksimallashtirish, korxonaning bozordagi o’rnini barqarorlashtirish, sotishning yanada yuqori suratlariga erishish.

Yüklə 20,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin