Avtomatik boshqaruv nazariyasi asoslari


d —o’ram simining diametri; R



Yüklə 366,44 Kb.
səhifə3/3
tarix06.02.2023
ölçüsü366,44 Kb.
#123073
1   2   3
4.Avtomatik boshqaruv nazariyasi asoslari (avtomatik mashina rostlashning nazari

do’ram simining diametri;
R — o’ram simining uzunlik birligidagi qarshiligi;
b karkasning qalinligi.
Ko’pchilik hollarda karkasning qalinligi va simning diametri karkasning balandligiga nisbatan kichikligi hisobga olinsa, u holda quyidagicha yozish mumkin.
l d dr
l----- .----- .------ (5.2)
D R d
Profilli reostatlarning asosiy kamchiliklari shundaki, karkasga simni o’rash qiyin va potensiometrni almashtirmasdan turib, funksional bog’lanishni o’zgartirib bo’lmaydi. Shuning uchun ko’pincha poranali profilli reostatlar yoki tarmoqlarining o’rtasiga qo’shimcha rezistorlar kavsharlangan potensiometrlar ishlatiladi. Bunday potensiometrlar faqat nagruzka qarshiligi potensiometrning qarshiligidan 100 va bundan ko’p marta ortiq bo’lgan sxemalarda ishlatilishi mumkin.
Programma tashigich sifatida, aytib o’tilganidek, perforatsiyalangan lenta (5.3- rasm) xam ishlatilishi mumkin. Birinchi holda (5,3 a-rasm) asosiy perforatsiya teshigining uzunligi ish vaqtining davom etishiga mos keladi, ish vaqti esa fotoelementni yoritish vaqtiga bog’liq; bo’ylama qatordagi yondosh teshiklar o’rtasidagi masofa ish bajarilmaydigan vaqtning davom etishiga to’g’ri keladi.
Ikkinchi u h (5 3, b-rasm) lentadagi asosiy perforatsiyaning barcha te-shiklari bir hil o’lchamda yasalgan. Bu h ulash va uzish komandalari teshiklar o’rtasidagi masofaga qarab va bu teshiklarni tegishlicha gruppalarga ajratib aniqlanadi.
Lentaga istalgan komandani yozish (shifrovkalash), binobarin, boshqaruvchi signallarni olish mumkin. Boshqaruvchi signallar keyinchalik programma rostlash sistemasiga uzatiladi.

5.3.-rasm. Perforatsiyalangan lenta
Perforatsiyalangan lentadan tashqari, ayrim uchastkalari elektr o’tkazuvchanligi, tiniqligi yoki qaytaruvchanlik hususiyatlari bilan farqlanuvchi lenta xam ishlatilishi mumkin.
Тaqqoslash vositasi, avtomatik tizimdagi boshqarilayotgan kattalikning qiymatini topshirilgan qiymat bilan solishtiradi va qiymatlarni farqi hosil bo’lsa u haqida birlamchi signalni ARS ga uzatadi. Funksional va struktura sxemalarda topshirish va taqqoslash vositalari birga ko’rsatiladi.
Diskret chiqishi taqqoslash vositalarda elektrik kattaliklarning taqqoslashni 2 ta prinsipi qo’llanadi: absolyut qiymati va fazalar bo’yicha. Absolyut qiymati bo’yicha taqqoslash o’zgarmas va o’zgaruvchan tok uchun amalga oshiriladi. Ikkita elektrik kattaliklar uchun qo’llanadi.
Analog va raqam taqqoslash vositasi sifatida avtomatikada hisoblash qurilmalari ham qo’llaniladi. Misol sifatida elektrik va elektromexanik taqqoslash vositalardan quyidagilarni keltirsa bo’ladi: ko’prik sxemalar, yarim o’tkazgich elementlardan, sxemalar, elektromagnit qurilmalar, selsin juftliklari va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. I. Karimov. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni betaraf etishning yo’llari – Toshkent, "O’qituvchi", 2009.

  2. Miraxmedov D.A. Avtomatik boshqarish nazariyasi. Oliy texnika o’quv yurti talabalari uchun darslik. - Тoshkent, " O’qituvchi", 1993. - 285 b.

  3. Borodin I.F. Osnovi avtomatiki. – M.: Kolos, 1987, 320 s.

  1. Borodin I.F., Nedilko N.M. Avtomatizatsiya texnologicheskix protsessov. - M.;, Agropromizdat, 1986. -386 s.

Yüklə 366,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin