Avtomatik regulyator turlari


-rasm. Bevosita statik regulyatorning prinsipial sxemasi



Yüklə 447,73 Kb.
səhifə5/7
tarix14.06.2023
ölçüsü447,73 Kb.
#128132
1   2   3   4   5   6   7
Avtomatik regulyator turlari

6-rasm.

Bevosita statik regulyatorning prinsipial sxemasi.

Bu xato truboprovoddagi bosim kamayishi bilan osha boshlaydi. CHunki prujina kuchi bosim R ning har xil qiymatlarida shtok 2 ning surilishi sababli har xil bo’ladi, shunga muvofiq regulyatorning muvozanat xolati ham har xil bosim R ga to’g’ri keladi.


Proporsional – integral (PI) regulyatorlar ARS ning rostlash oralig’iga proporsional va integral qonunlari bo’yicha ta’sir ko’rsatadi:
(9)
yoki

bunda KP va KI rostlash qonunini tashkil etuvchi proporsional va integral qismlarning koeffisientlari.


Koeffisientlar nisbati TI bilan belgilansa (KP/KI=TI), unda bu koeffisient rostlash qonuniga kiritilgan integrallash darajasini ko’rsatadi va izadrom vaqti deb ataladi.


Tenglama (9) ni quyidagi ko’rinishda yozamiz:
(10)
bunda KP∆X - tenglamaning proporsional qismi, - tenglamaning integral qismi deyiladi. Agar ∆x=[1] ni o’zgarmas miqdor deyilsa,
(11)
Tenglama (11) ga muvofiq t=TI bo’lganda, tenglamaning integral qismi Kp∆x ga teng bo’ladi (7 – rasm, a). Shunda rostlanuvchi organning surilishi bo’ladi.
Bundan ko’rinadiki, teskari bog’lanish zanjri bilan qamralgan proporsional regulyatordan chiquvchi signal XR ning ta’siri t=TI vaqt ichida proporsional regulyatordan chiquvchi ta’sirga qaraganda ikki marta ko’proq bo’ladi. Shu sababli izodrom vaqti TI signalning ikkiga ko’payish vaqti deb ham ataladi (7 – rasm, b).


O’zining dinamikasi bo’yicha bu bu regulyator parallel ulangan ikkita ideal zveno – proporsional va integrallovchi zvenolardan iborat sistemaga mos keladi. Shunda integrallovchi zvenoning signal uzatish koeffisienti KI=KP/TI bo’lishi shart. Bu regulyatorning funksiyasini quyidagicha o’zgartirish mumkin.


Izodrom vaqti TI cheksiz ko’paytirilsa, regulyator faqat proporsional regulyator bo’lib qoladi, tenglama (9) ga muvofiq KP va TI nolga yaqin bo’lganda esa regulyator integrallovchi regulyatorga aylanadi.
Amalda proporsional – integralli regulyatorni tuzish uchun uning struktura sxemasiga teskari bog’lanish zanjirini kiritish usulidan foydalaniladi (1 – rasm, v).
Proporsional – integral differensial (PID) regulyator rostlovchi organni rostlanuvchi parametrning chetga chiqishi, uning integrali va parametri o’zgarishining tezligi bo’yicha surilishini ta’minlaydi:
(12)
TD – differensiallovchi zvenoning vaqt konstantasi, regulyator qonuniga differensial bo’yicha rostlashni kiritadi.
Ikki pozisiyali regulyatorning rostlash organi sakrashsimon (diskret) harakat qiladi. U doim ikki holatning birida bo’ladi. Obyektda energiya yoki modda oqimining bor yoki

yo’q, ko’p yoki oz bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq obyektning rostlanuvchi parametri ham ikki qiymat – maksimum va minimum qiymatlar orasida o’zgarib turadi.


Ikki pozisiyali regulyatorning ishlash prinsipi bilan temperaturani avtomatik rostlash sistemasi misolida tanishamiz (8 – rasm). Sxemada rostlash ob’ekti sifatida qurutish shkafi, rostlash parametri sifatida esa uning temperaturasi (Qº) xizmat qiladi.






Yüklə 447,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin