Avtomatika datchiklari Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#140846
1   2   3
2 mar lot

2.3. Rezistiv datchiklar
Rezistiv datchiklar chiziq va burchak xarakatlarni kuch va momentlar, tebranish va vibratsiyalar, xarakat va yoruglik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat qilish va o‘lchash jarayonlarida qo‘llaniladi.
Rezistiv datchiklar guruxiga potentsiometrik, ko‘mir (kontaktli), tenzometrik kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ish printsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o‘zgarilishiga asoslangan bo‘ladi.
2.3.1. Potentsiometrik datchiklar
Potentsiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan xarakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi (2.3- rasm).
Burchak xarakatlarini nazorat qilish uchun halqasimon potentsiometrik datchiklar qo‘llanadi (2.3.-rasm, d). Kontaktsiz datchiklar sifatida suyuqlik potentsiometrik datchiklar qo‘llanadi (2.3.-rasm, ye).
2.3.2. Ko‘mir (kontaktli) datchiklari
Ko‘mir datchiklarining ish printsipi, o‘zining ichki elektr qarshiligi keltirilgan kuchlar ta’sirida o‘zgarishiga asoslangan. Bu turdagi eng sodda datchik (2.4.-rasm, a) grafit disklardan yig‘ilgan ko‘mir ustindan iborat. Disklar orasiga esa kontaktli shaybalar o‘rnatilgan. Ko‘mir ustunning qarshiligi grafit disklarning kichik qarshiligi va disk-shayba o‘tishi asosiy qarshiliklar yig‘indisiga teng. Disk-shayba o‘tishning qarshiligi esa o‘z navbatida disk va shaybalar zichligiga, ya’ni bosish kuchiga bog‘liq.

2.3-rasm. Potentsiometrik datchiklar va ularning tavsifnomalari.
dF

2.4. - rasm. Ko‘mir datchiklarning sxemalari va tavsifnomalari.


2.3.3. Tenzometrik datchiklar


Tenzometrik datchiklarning ish printsipi tenzoeffekt xodisasiga asoslangan bo‘ladi, ya’ni elastik deformatsiya ta’sirida uning qarshiligi o‘zgaradi. Tenzodatchik ma’lum usulda o‘ralgan va ikkala tomonidan maxsus plenka yopishtirilgan yupqa simdan iborat. Tenzodatchik deformatsiyasi nazorat qitlinayotgan detalga maxsus yelim bilan puxta yopishtiriladi. Detalning deformatsiyasi natijasida simning geometrik o‘lchamlari o‘zgarilib qarshiligi o‘zgaradi. Tenzometrik datchiklarning tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli ularning sezgirligi deyarli o‘zgarmaydi.

2.5-rasm. Tenzometrik datchikning tuzilishi va tavsifnomasi.
Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin