Uzatish parametrlari; chastota va eng yuqori – eng past chastotalar farqi: Uzatish sifati ikkita uzgaruvchiga bog’liq; chastota va chastotalar farqi.
Buralma juftli telefon Simi 4000 HZ chastotada bir sekuntda bor yug’i bir kbayt malumotni uzata oladi.100 M HZ chastotali koaksial kabel shu vaqt ichida 10 M bayt. 200trilionHZ chastotali optik tolali kabel 1 G bayt malumotni uzata oladi. Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta va ko’p nuqtali. Liniyalar tuzilishi , yoki aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud; nuqtaga – nuqta va ko’p nuqtali.
-Nuqtaga- nuqta. Bu usulda malumot jo’natuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bevosita bir – biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy (alohida foydalanuvchiga tegishli bo’lgan) ma’lumotni saqlagan xolda bitta xususiy bo’lishi mumkin.
-Ko’p nuqtali. Bu yagona liniya bo’lib, bir nechta kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyu-terga ulaydi. Bunaqa liniyada , ko’pincha bitta qurima, masalan , terminal , xoxlagan paytda ma’lumotni uzata (qabul qila) oladi.
Ketma- ket va parallel ulash. Ma’lumot ikki xil usulda uzatiladi; ketma – ket va parallel signallar yig’indisi ko’rinishida .
-Ma’lumotni ketma-ket uzatish . Bu usulda bitlar bitta-bitta biri ikkinchisidan keyin uzatiladi . Ketma –ket uzatish ko’pincha buralma jufil telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul ko’pgina liniyalarda, modemlar, sichqonchalarda xam qollaniladi
-Malumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda malumot qisimlarga ajratilib, bu qisimlar aloxida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi. Parallel liniyalarda ketma-ket linioyalarga nisbatan malumot ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 FUT (5 metr ) gacha bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu uslubda malumot , masalan, protsessordan printerga uzatiladi.
Ma’lumot oqimi yunalishlari; simpleks, yarim va to’liq dupleks. Ikkita ma’lumot almashinish uchun ulangan kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashinish uh xil usulda amalga oshiriladi; simpleks ,yarim va to’liq dupleks.
-Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida ma’lumot faqat bir tomonga qarab oqadi. Bunga an’anaviy televideniyeni misol kiritish mumkin; ma’lumot doim uzatish stansiyasidan televizion antenalarga uzatiladi.
Teskari yo’nalishda hech qanday signallar uzatilmaydi .Bazi kompyuterlashgan ma’lumot yig’uvchi qurilmalar xam shu prinsip asosida ishlaydi (masalan, yer qimirlashi parametrlarini ulchaydigan seysmograf ) ,yarim dupleks uzatish dupleks.
-Yarim dupleks uzatish. Bu usulda ma’lumot ikkala yo’nalishda ham uzatilishi mumkin , ammo bir vaqtda bu yo’nalishlardan biri orqaligina ma’lumot uzatish mumkin .Bu usul ma’-lumot almashinish uchun eng keng ishlatiladi.
-To’liq dupleks uzatish. Bu usulda malumot bir vaqtda ikkala yo’nalish bo’yicha ham uzatish mumkin . Telefon yordamida gaplashishni bunga o’xshatish mumkun. Bunday ma’lumot alma-shinish usuli yirik kompyuter tizimlarida qo’llaniladi. Bu usuldan ba'zi yangi modem turlarida va Microsoft Netmeeting kabi programmalar bilan ishlayotganda ham foydalanish mumkin.