Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi.Kompyuter tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar almashish tarmog`i) – ikki yoki undan ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil fizik hodisalarni qo`llash orqali amalga oshiriladi: elektr signallari yoki elektromagnit nurlanishlarning turli xil ko`rinishlari orqali.
24 - Ma’ruza : Foydalanuvchilar interfeysi uchun jihozlar.
Sozlash turlari. Sintaktik xatolar xaqida xabarlar to’xtashi bilanoq sozlash boshlanadi. Sozlash jarayoni bo-shida oddiy test malumotlaridan foydalanish kerak. Agar bunda to’g’rinatijalar hosil bo’lsa unda juda ko’p murakkab ma`lumotlar bilan ishlab ko’rish kerak.
Agar natijalar noto’g’ri bo’lsa unda quyidagi hollar bo’lishi mumkin:
1. Sintaktik xato yo’q, lekin dastur kompilyatsiya bo’lmagan.
2. Dastur ishlayapti, kompilyatsiya bo’lgan, lekin natija chiqarmayapti.
3. Dastur kompilyatsiya bo’lgan ishlayapti, lekin kutilmagan uzilishlar bo’lyapti.
4. Dastur kompilyatsiya bo’lgan , ishlayapti, lekin noto’g’ri natija chiqaryapti.
5. Dastur sikl ichida ishlab to’xtab qolmoqda.
Quyidagi har bir holatni ko’rib chiqamiz:
1 - holat. Bu holatlarni tuzatishda tizimni yaxshi biladigan xodimdan masalahat so’rashi kerak.
2 - holat. Bu holatlar qandaydir mantiqiy va tizimli holatlar orqali bo’lgan bo’lishi mumkin. Masalan, algoritm boshlanishi bilan qiymatiga qarab ketishi mumkin. Tuzatish yo’llaridan natija hosil qilish segmentini qayta dasturlash usulidir.
3 - holat. Dastur ko’zda tutilgandan oldinroq to’xtab qolishi og’ir holatlardan biridir. Bu holatlar-ni topish uchun xatolarni topish usullaridan foydalanish ma`qul.
4 - holat. Bu holat dastur to’g’ri tuzilganligini, lekin unda xatolik borligini ko’rsatadi.
5- Bu holatda qaysi sikldan to’xtash bo’lganligini topish kerak. Buning uchun gumon qilingan tcikldan oldin va keyin chiqarish operatorlarini quyib tekshirish kerak.
Yuqoridagilarni hisobga olib quyidagi umumiy takliflarni berish mumkin:
- Dastur qancha ko’p yozilsa shuncha ko’p xato bo’lishi mumkin.
- tuzatish jarayonini dasturni yozish bosqichida o’ylash kerak.
- Tuzatish jarayonida ishlatilaetgan o’zgaruvchi konstantalarning ro’yxati bo’lishi kerak.
- Topilgan xatolarni albatta ketma - ket tuzatish kerak.
- har doim chiqarilgan natijalarni yaxshilab ko’rib tahlil qilish zarur.
- Dastur variantlarni sanasi bilan alohida saqlanishni tahlil qilish kerak.