Avtomatlantirish va boshqaruv


– Tajriba ishi : Sath bo’yicha kvantlashni hisobga olgan holda raqamli rostlash tizimlarini tadqiq qilish



Yüklə 14,26 Mb.
səhifə98/127
tarix11.10.2023
ölçüsü14,26 Mb.
#130031
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Avtomatlantirish va boshqaruv

2 – Tajriba ishi : Sath bo’yicha kvantlashni hisobga olgan holda raqamli rostlash tizimlarini tadqiq qilish


Ishdan maqsad: Sath bo’yicha kvantlashda raqamli rostlash tizimlarini tadqiq qilish, vaqt va sath bo‘yicha kvantlash usullarini qo’llash.


Nazariy ma’lumot.
Signal – deb, biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi va uning har bir kΔt vaqtdagi oniy qiymati mos ravishda nΔu sath qiymatlari bilan almashtirilishi, sath qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.
Vaqt va sath bo‘yicha diskret signallar:
a) vaqt bo‘yicha diskret signal; b) sath bo‘yicha diskret signal


Uzluksiz signal

Sath va vaqt bo‘yicha diskret signallar

Sath bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha uzluksiz signal

Sath bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha diskret signal
Uzluksiz signalning kΔt diskret vaqtdagi oniy qiymatlari o‘rnatilgan sath qiymati-ga teng bo‘lmasa bu oniy qiymat eng yaqin o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Bunda signal oniy qiymatini o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtirishdagi xatolik εx, sathlar oraliq qiymatining yarmidan oshmaydi, ya’ni εx=Δu/2 bo‘ladi. Bu xatolik aloqa kanalida kvantlash shovqini shaklida paydo bo‘ladi. Signalni sath bo‘yicha diskretlash kvantlash deb ataladi.Hozirgi paytda RT larda impuls kodli modulyatsiya juda keng tarqalgan. IKM da signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’laklari kodli guruhlarga o’zgartiriladi. Ular 1 va 0 lar ketma-ketligidan iborat ikkilik simvollar deyiladi. IKM(impulsli-kodli modulyat-siya)ni amalga oshirish uchun 3ta operatsiya amalga oshiriladi:

  • Vaqt bo’yicha signallarni diskretizatsiyalash

  • Olingan impulslarni amplituda bo’yicha kvantlash

  • Amplituda bo’yicha kvatlangan impulslarni kodlash.

Bundan so’ng, olingan ko’p kanalli signalni sath bo’yicha kvantlash lozim. Bu jarayon sonlarni o’zgartirish protsedurasi bilan bir xil.
Ikkita qo’shni uzatish sathlari orasida farq kvantlash qadami (∆)deyiladi. Agar signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’lagining amplitudasi ikkita ruxsat etilgan sathlar orasida yarim qadamdan oshsa (∆/2), uning qiymati katta tomonga, agar kvantlash qadamining yarmidan kichik bo’lsa,kichkina tomonga yaxlitlanadi.
Bunday yaxlitlashlar farqlar bilan kuzatiladi . Signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’lagining haqiqiy qiymati va uning kvantlash qiymati orasidagi farq kvantlash xatoligi yoki kvantlash shovqinlari deyiladi.




Yüklə 14,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin