1-rasm. Past chastotali filtr. 2-rasm. Yuqori chastotali filtr.
G`altak va kondensoner ketma-ket va parallel ulangan tebranish konturini filtrlash ta`sirini ko`rib chiqamiz.
3-rasm. Ketma ket (a) va parallel (b) tebranish konturlari.
Ko`rsatib o`tilgan LC tebranish konturlari asosan polosali va tusuvchi filtrlarda qo`llaniladi. Quyidagi chiziqlarda polosali hamda tusuvchi filtrlar sxemalari keltirilgan (3,4 rasm).
3-rasm. Polosali filtr.
4-rasm. Tusuvchi filtr.
Signallarni filtrlash quyidagi zaruriyatlardan hosil qilingan sharoitlarda ishlatiladi:
- modulsiyada tashuvchining ustiga qoplangan signalni ajratish;
- yagona jismoniy kanal orqali uzatish uchun multiplekslashda birlashtirilgan signallarni ajratib olish;
- signalga keyinchalik uning shaklini yoki tavsifnomalarini o‘zgartirish uchun lozim bo‘lgan ishlov berish;
- kuchli shovqinlangan signaldan foydalisini ajratib olish.
Signallarga ishlov berishdan maqsad:
- Signal parametrlarini o’lchash yo’li, ob’ekt haqida malumot qabul qilish – amplituda, faza, chastota, spektr;
- Fondagi xalaqitlarni foydali belgilab olish;
- Signallarni siqish (kompressiya);
- Signal formatini o’zgartirish.
Filtr bu
1. Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektrik sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo‘ladi.
2. Muayyan turdagi erkin foydalanish ma’lumotlarini qabul qilib, unga ishlov berib,so‘ngra chiqarib beruvchi dastur. Masalan, saralash dasturi filtrdir. U saralanmagan shaklda so‘zlarni qabul qiladi, so‘ngra ularni saralaydi va foydalanuvchiga saralangan ko‘rinishda beradi.
3. Ma’lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarni qanoatlantiruvchi ma’lumotlarni chiqarib beradi.
Dostları ilə paylaş: |