11-rasm. Signallarga ishlov berishning oddiy strukturaviy ko’rinishi.
Signallarga raqamli ishlov berishni asosiy elementlari: – D – analog signal ko’rsatkichi ;
– Filtr – past chastotali filtr ;
– ARO’ – analog raqamli o’zgartirgich ;
– SRIB – signallarga raqamli ishlov berish ;
– RAO’ – raqamli analog o’zgartirish ;
– OF – oxirgi foydalanuvchi ;
– Qurilmalarni alohida vazifalari:
– Ko’rsatkich – elektr signaliga proporsianol ravishda fizik parametrlarni o’zgartirish qurilmasi;
– Analog filtr – analog signal pulsini tekislovchi reaktiv elementlardagi (L,C,R) elektr sxema;
Analog signal.To‘xtovsiz o‘zgaruvchi elektr kuchlanish yokielektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o‘zgaruvchan analog signal amplitudasi u tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo‘lib, odatda o‘lchangan fizikaviykattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signal tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analograqamli o‘zgartgich zarur.
Filtr bu 1. Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektrik sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo‘ladi.
2. Muayyan turdagi erkin foydalanish ma’lumotlarini qabul qilib, unga ishlov berib,so‘ngra chiqarib beruvchi dastur. Masalan, saralash dasturi filtrdir. U saralanmagan shaklda so‘zlarni qabul qiladi, so‘ngra ularni saralaydi va foydalanuvchiga saralangan ko‘rinishda beradi.
3. Ma’lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarni qanoatlantiruv-chi ma’lumotlarni chiqarib beradi.
Raqamli filtr deb cheklangan farqlar tenglamasi algoritmini amalga oshiruvchi hisoblash qurilmasiga aytiladi.
Chiziqli raqamli filtrlar quyidagi turlarga bo'linadi:
• i a va i b koeffitsientlari o'zgarmas bo'lgan va parametrlari o'zgaruvchan bo'lgan qurilmalar;
• raqamli norekursiv (transversal) filtrlar deb hamma koeffitsientlari b=0 bo'lgan va chiqish signali faqat kirish signaliga bog’liq filtrlarga aytiladi;
• raqamli rekursiv filtrlar deb i b koeffitsientlari nolga teng bo'lmagan, ya'ni chiqish va kirish orasida bog’lanishi bo'lgan filtrlarga aytiladi.