Avtomatlantirish va boshqaruv


TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va etap (pog‘ona)lari



Yüklə 14,26 Mb.
səhifə68/127
tarix11.10.2023
ölçüsü14,26 Mb.
#130031
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Avtomatlantirish va boshqaruv

TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va etap (pog‘ona)lari. 1-rasmda ishlarni bajarish bosqich-lari (1, 2, ..., 7) va pog‘onalari (1.1, 1.2, ...,7.8), shuningdek ularni bajarish ketma-ketligi ko‘rsa-tilgan.
TJABT ni yaratishni tadqiq etish va asoslash. Bu bosqichda TJABT ni yaratish maqsadi,umu-man tizimga talablar, avtomatlashtiriladigan funksiyalar (ishlar) ro‘yxati shakllantiriladi,shuning-dek, tizim samaradorligi manbalari aniqlanadi. Bu bosqichda o ‘xshash obyektlar uchun TJABT ni qo‘llashning ma’lum hollari tahlil qilinadi, mavjud BTO ning texnik-iqtisodiy tadqiqi amalga oshiriladi. Tadqiqot obyektda erishilgan ishlab chiqarish resurslaridan (mehnat, xomashyo, mate-riallar, yonilg‘i, energiya, qurilma) foydalanganlik darajasini aniqlash maqsadida, shuningdek, boshqarishni avtomatlashtirishning zaxiralaridan foydalanishga, resurslar sarfmi qisqartirishga, ya’ni maqsadga qaratilgan mahsulotning tannarxini pasaytirishga va uni ishlab chiqarishni ko‘-paytirishga ta’sirini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu bosqichdagi ishlarning natijasi TJABT ni yaratishning texnikiqtisodiy asoslanishi (TIA) va hisobot tarzidagi BTOni tadqiq qilish hamda tahlil qilish natijalari hisoblanadi. Ishlar tizim buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchisi vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ishchi brigadalarga TJABT bo‘yicha, texnologiya, NO‘A va avtomatlashtirish, iqtisod, sistemotexnika bo‘yicha mutaxassislar kiradi.
Texnik topshiriq. Ishlardan maqsad — TIA ga muvofiq TJABT ni yaratish imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; TJABT ni yaratish bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiytadqiqot ishlarini (ITI) o‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan ta’minlanadi. ITI jarayonida BTO, informatsion tizmalar va boshqarishning eng qiyin vazifalari boshqaruv mezoni va cheklanishlarni tanlab hamda texnologik jarayonning matematik modellarini va o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar olib boriladi.Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABTni har xil ta’minotlar bo‘yicha yaratish mum-kinligini tasdiqlaydi; tizimi eng muhim vazifalari yoki bo‘g‘inlarining ishonchliligi, ta’sirchan-ligi va metrologik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob-kitoblarini tez bajaradi; HT vositalarining samarali yuklanishini,zarur hisoblash quvvatlarini baholaydi; texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni o ‘tkazadi. Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshi-riq hisoblanadi bu keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir.




Yüklə 14,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin