Yaxlitlik (integrallashganlik) xususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan xususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z xususiyat-larini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir.
Bog‘liqlik (kommunikativlik) xususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi.
Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Masalan, uni-versitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok.
Maqsadga intilish xususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intil-gan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis xususiyati mavjud bo‘ladi.
Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yorda-mida boshqarilishi mumkin.
Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi.