Radioaloqa kanali radioaloqa liniyasining qismi deb tushuniladi, bu qismiga radiouzatgich va radioqabulqilgich, uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar, radioto‘lqin tarqalish muhiti qiradi. Uzatuvchi yakunlovchi qurilma axborotlar manbaidan kelgan habarlarni foydali birlamchi quyi chastotali elektr signallarga o‘zgartiradi, va radiouzatuvchi qurilmaga uzatadi.
Radiouzatuvchi qurilmada radiouzatgich chastota diapazoniga qarab kerakli yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr tokini ishlab chiqaradi va u bilan uzatuvchi antennani oziqlantiradi. Yuqori chastotali tebranishning yuzaga kelishi va uni chastotali diapazonga o‘zgartirish uchun mikrotarh, yoki lampalarda yig‘ilgan ko‘zg‘atuvchi generator xizmat qiladi.
3 – Tajriba ishi : Analog va diskret P, PI va PID rostlagichlarni tadqiq etish
Ishdan maqsad:Analog va diskret P, PI va PID rostlagichlarni tadqiq etish hamda ularni texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo’llashni o’rganish.
Nazariy ma’lumot. Avtomatik rostlash - mashinalar, apparatlar va qurilmalarni odam ishtirokisiz boshqarib turish. Avtomatik rostlash uchun uskunaning o’ziga yoki uning tashqarisiga rostlagich o’rnatiladi. Rostlanuvchi miqdor rostlagich yordamida oldindan berilgan qiymat atrofida ushlab turiladi. Avtomatik rostlash texnikada qadimdan ma’lum. Polzunov va J.Uatt rostlagichlari bunga misol bo’la oladi.
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi.
Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo`shimcha energiya kerak bo`lsa, bilvositata’sirqiluvchirostlagichlarishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko`ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo`linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning xarakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi.