Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə1/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot


Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari

Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga ega ekanligi va shu kabilar to`g‘risida ma‘lumotlar beradi.


Yurtimizda sanoat sohasi juda jadal rivojlanayotganligini inobatga olsak, zamonaviy ichlab chiqarishda yangi turdagi avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanilyotganiga guvoh bo`lamiz. Sanoatning rivojlanishi yurtimiz iqtisodiyotining yuksalishiga hizmat qilishi barchamizga ma‘lum.
Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish darajasini oshirish mumkin.
Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib, uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g‘ri tadbiq qilishdan va ulardan samarali foydalanishdan iborat.
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI — turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar.
Vazifasi:
a) texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish,
b) axborotni uzatish,
c) axborotni o`zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish),
d) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish.
Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta‘sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat.
Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chiqadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o`zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi.
Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o`zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o`zgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatishvositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o`xshaydi.
Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Hozirda ishlab chiqarish sanoati yurtimiz iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa qo`shayotgan sohalardan biri bo`lib kelmoqda. Ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirish uning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shadi.
Avtomatlashtirish darajasini oshirish esa ishlab chiqarish sur`atini keskin oshishiga sabab bo`ladi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun esa birqancha muhim vazifalarni amalga oshirish kerak bo`ladi. Bulardan biri ishlab chiqarish korxonasini yangi avtomatlashtishning texnik vositalari bilan ta‘minlashdir.

Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin