Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari


Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə2/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot

Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning klassifikatsiyasi
Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi. Uning asosidabir tomondan avtomatlashgan ishlab chiqarishning iqtisodiy muhimligi va texnik ehtiyoji yotsa, ikkinchi tomondan ATV ishlab chiqaruvchining texnologik imkoniyati yotadi. Rivojlanishga sabab bo‘lgan birinchi omil yangi, ancha takomillashgan ATVni ishlab chiqarishga joriy etish tufayli korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshishi hisoblanadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy va texnik asoslarining rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Birinchi bosqich. Ushbu bosqich uchun arzon ishchi kuchining ko‘pligi, kam mehnat unumdorligi, agregat va moslamalarning eng kam quvvati xarakterli. Bu tufayli texnologik jarayonlarni boshqarishda insonning eng ko‘p ishtiroki, boshqaruv ob‘yekti orqali kuzatish, shuningdek boshqaruvchi yechimlarni qabul qilish va ijro etish ushbu bosqichda iqtisodiy jihatdan oqlangan. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish alohida jarayonlar bo`lgan, ular orqali boshqarishni inson uchun yetarli darajada ishonchli amalga oshira olmagan.
Ikkinchi bosqich. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning kompleks bosqichiga o`tish mehnat unumdorligining o`shishi, agregat va moslamalar birlik quvvatining yaxlit bo`lishi, avtomatlashtirishning moddiy va fan-texnika bazasining rivojlanishi tufayli sodir bo`ldi. Ushbu bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishda inson-operator ob‘yektlarni ishga tushirish va to`htatishda, ayniqsa kutilmagan holatlar, avariya holatlar paydo bo`lganda turli mantiqiy operasiyalarni bajarish orqali aqliy mehnat bilan shug‘ullanadi, shuningdek ob‘yekt holatini baholaydi, avtomatik tizimlar ishini nazorat qiladi va zahiralaydi. Bu bosqichda standartlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyani keng qo`llashga mo`ljallangan ATVni ko`plab seriyada ishlab chiqarish asoslari shakllanadi. Avtomatlashtirish vositalarini keng masshtabli ishlab chiqarish va ularni tayyorlashning o`ziga xos hususiyati ushbu ishlab chiqarishni asta -sekin mustaqil tarmoqqa ajratishga olib keladi.

Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin