Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə3/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot

Uchunchi bosqich. Boshqaruvchi hisoblash mashinalari (BHM) paydo bo`lishi bilan texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) bosqichiga o`tish boshlandi. Ushbu bosqichda BHMlardan foydalangan holda barcha murakkabroq boshqarish funksiyalarning iqtisodiy jihatdan ma`qul ko`rinishda avtomatlashtirish shakllanadi. Lekin, modomiki BHM juda qo`pol va qimmat ekan, u holda boshqarishning oddiyroq funksiyalarini amalga oshirish uchun avtomatikaning an‘anaviy analogli qurilmalarini keng tarzda qo`llash yetarli. Bunday tizimlarning kamchiligi yuqori bo`lmagan ishonchlilik, chunki texnologik jarayonlar(TJ)ning borishi haqidagi barcha ma‘lumot ke ladi va BHMga moslashadi, chiqishda buziladi, unga TJBAT ishini nazorat qiluvchi operator-texnolog olish zarur bo`lgan. Albatta, bunday holatlarda TJni boshqarish sifati ancha pasayib ketgan, chunki inson BHM kabi effektiv boshqarishni amalga oshira olmaydi.
To`rtinchi bosqich. Bir muncha arzon va kompakt mikroprosessorli qurilmalarning paydo bo`lishi TJ ni markazlashgan boshqaruv tizimini rad etishga imkon berdi, o`rniga taqsimlangan tizimlarni teklif etdi. Ularda TJ alohida o`zaro bog‘langan operatsiyalarni bajarish haqidagi ma‘lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, shuningdek boshqarish yechimini qabul qilish avtonom holda mikrokontrollerlar nomini olgan olgan lokal mikroprosessor qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlangan tizimlarning ishonchliligi markazlashgan tizimlarga nisbatan yuqori.
Beshinchi bosqich. Ushbu bosqich mahsulot ishlab chiqarishda moliyaviy, moddiy va energetik oqimlarni nazorat va analiz qilishni amalga oshirishga yordam beruvchi ko`p sonli va bir-biridan uzoqda bo`lgan kompyuterlarni yagona korporativ tarmoqqa bog`lash imkonini beruvchi tarmoq texnologiyasi bilan, shuningdek boshqarishning integrallashgan(yaxlit holga keltirish) tizimiga o`tishga yordam beruvchi TJ ni boshqarish bilan bog‘liq. Bu tizimlarda ancha murakkab dasturiy ta‘minot yordamida TJ ni boshqarish, rejalashtirish, hisobga olish va boshqa topshiriqlarni o`z ichiga olgan korxona faoliyatini boshqarish bo`yicha barcha kompleks topshiriqlar birgalikda hal etiladi.

Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin