NAZORAT SAVOLLARI: Ijro etuvchi qurilma deganda nimani tushunasiz?
Ijro etuvchi qurilmalarni qanday turlarini bilasiz?
Bosimlar farqi ijro etuvchi qurilmalarga ta’siri haqida ma’lumot bering?
Ta’sir etish turi bо‘yicha ijro etuvchi qurilmalarning turlarini ayting?
Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy talablar Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy talablar GOST Bilan belgilangan bo‘lib, bu standart texnik talablarni va sinov usullarini belgilaydi:
Ijro etuvchi qurilmalar tebranishga mahkam va tebranish natijasida sochilib ketmaydigan, bunda tebranish bo‘yicha tezlanish 2,5 m/sek2 , 5-80 gs. diapazonli chastotada.
Ijro etuvchi qurilmalar tashqi muhitni ta’siriga nisbatan oddiy va portlashdan o‘zi saqlanadigan konstruksiyalarda tayyorlanadilar.
Ijro etuvchi qurilmalar muhit temperaturasini va namligini ta’siriga mahkamligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
I – minus 50 dan plyus 50 0C ;
II- minus 30 dan plyus 50 0C;
III – minus 15 dan 50 0C gacha 30 dan 80 % namlkda.
4. Ijro etuvchi qurilmalar quyidagni aniqlik sinfida: 1,5; 2,5; 4,0; 6,0 tayyorlanadilar.
5. Ijro etuvchi qurilmalarni shtokini (yoki valni) atrofini zichlashtirish natijasida ma’lum shartli bosimda RU germetiklik salniklar uchun 50 ming sikl davomida, zichlantiruvchi muhitni temperaturasi 225 dan to 600 0C va salniklar uchun 100 ming sikl davomida, zichlashtiruvchi muhit minus 50 dan to plyus 225 0C. Ijro etuvchi qurilmalar qayta tiklanuvchi mahsulotlarga kiradi (remont qilsa bo‘ladigan), to‘xtovsiz ishlash ixtimolligi eksponensional taqsimlaninsh qoniniyatiga bo‘ysunadi. Ijro etuvchi qurilmalarning to‘xtovsiz ishlash ehtimolligi R(t) 2000 soat to‘xtovsiz ishlashi davomida R(t)= 0,98 dan kichik bo‘lmasligi kerak.
GOST asosan uch turdagi sinov o‘tkazishni ko‘zda tutadi:
-qabul qilish va topshirish ko‘rinishidagi, bunday sinovdan xar bir ijro etuvchi qurilmalar o‘tadi;
- davriy ko‘rinishdagi, bunda ikki yoki bir yildan kam bo‘lmagan vaqtda ba’zi bir ijro etuvchi qurilmalar sinovdan o‘tkaziladi;
- tipik ko‘rinishdagisi, bunda ijro etuvchi qurilmalarning konstruksiyalari, materiallari yoki tayyorlash texnologiyalari o‘zgarishi bilan ularni metrologik va texnologik xarakteristikalarini o‘zgarishi, va shuningdek ishlash qoboliyati va mahkamligini o‘zgarishi munosabati bilan sinov o‘tkazish.