Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, pnevmatik ijro mexanizmi, zatvor, shtok, membranali ijro mexanizmlari, ilgarilanma-qaytma harakat, membranali prujinali ijro mexanizmlari, membranali prujinasiz ijro mexanizmlari, pozitsioner, siljituvchi kuch, o‘tkazuvchanlik xususiyati.
Pnevmatik ijro mexanizmlari Pnevmatik ijro mexanizmlar ijro etuvchi qurilmani suriladigan qismi bo‘lib, ular ma’lum funksional vazifani bajarishga mo‘ljallangan. Ular olgan ma’lum energiyani unga mos keladigan sijituvchi kuchga aylantirish yo‘li bilan rostlash organini zatvorini rostlash signaliga mos ravishda suradi.
Siljituvchi kuch hosil qiladigan energiyani turini tanlashda juda ko‘p faktorlarni hisobga olish kerak bo‘ladi:
ishlab chiqarishni yonishga va portlashga moyillik kategoriyasini;
ijro etuvchi qurilmalarning soni va joylashgan xududini;
ijro etuvchi qurilmalarni o‘rnatiladigan joydagi havoni temperaturasi, namligi, ifloslanganligi;
rostlash organini boshqarish uchun kerakli siljituvchi kuchning qiymati bo‘yicha;
dinamik xususiyatlariga ko‘ra.
Yuqorida keltirilgan faktorlarni analiz qilib ko‘rib, shuni aytish kerakki, pnevmatik ijro mexanizmlari asosan neftni qayta ishlash, neftkimyo va gaz sanoatlarida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu asosan pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlarning arzonligi, ishlatish mobaynidagi sarf-xarajdatlarni kamligi, yuqori ishonchliligi, qayta tiklanishini osonligi bilan belgilanadi. Eng asosiy xususiyatlaridan biri ularni yonishga va protlashga moyil emasligidir. Rostlash organlarini boshqarish uchun kerak bo‘ladigan siljituvchi kuchni hosil qilish oson kechishi, dinamik xususiyatlarini oson o‘zgartira olishi ham bu IM yutuqlaridir.
Pnevmatik ijoro etuvchi mexnizmlarni ishlatsa bo‘lmaydigan hollar ham mavjuddir:
rostlash organini boshqari uchun 3-4 t. dan yuqori bo‘lgan siljituvchi kuch kerak bo‘lsa;
ijro etuvchi qurilmaning yuqori tezlikda ishlashi talab etilsa;
rostlagichlar bilan ijro mexashizmining orasidagi masofa katta bo‘lsa;
rostlash organi zatvorining siljishi shpindelni katta allanishi hisobiga amalga oshirilsa va x. k.
Hozirgi kunda quyidagi pnevmatik ijro mexanizmlar ishlatiladi: