Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə8/97
tarix09.12.2023
ölçüsü7,33 Mb.
#138638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Fodalanish uchun Adabiyot

Pnevmatik o`zgartirgichlar.
Ikkilamchi pnevmatik texnik vositalardan o`zgartirgichlarga to`htalib o`tamiz.
O`zgartirgichlarning ikkita turini ko`rib o`tamiz.


Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar
O‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan pnevmatik o‘zgartkichlar ichida kuch kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng ishlatiladi.
Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar o‘lchash blokidan sezgir elementining kuchini 20—100 kPa (0,2—1 kgk/sm2) qiymatda bir xillashtirilgan pnevmatik chiqish signalni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
Pnevmatik kuch o‘zgartkichlarining ishlash prinsipi pnevmatik kuch kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash blokining sezgir elementiga ta’sir ko‘rsatadi va F mutanosib kuchga aylanadi. F kuch ta’sir qilayotgan richag 1 orqali to‘siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to‘siq orasidagi tirqishning o‘zgarishi natijasida o‘zgarmas kesimli drossel 7 orqali keladigan havo bosimi o‘zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta’sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi natijasida kirish 10 va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o‘zgaradi.



1 – rasm. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkich sxemasi
Natijada b va v kameralarda bosim o‘zgaradi. To‘siq 2 silfon 4 ta’sirida soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, silfondagi kuch o‘lchash blokining F kuchiga tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o‘zgaradi. O‘zgartkich berilgan o‘lchash chegarasiga silfonni richag 5 bo‘ylab siljitish orqali sozlanadi. O‘zgartkichning chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm2)-boshlang‘ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 yordamida o‘rnatiladi. O‘zgartkich chang, nam va yog‘dan tozalangan havo bilan ta’minlanadi. Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. Chiqish signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 1,0.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin